Batahqiq, sizdan oldingi asrlarni zulm qilgan chog`larida va Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida iymon keltirmaydigan bo`lganlarida halok qilganmiz. Jinoyatchi qavmlarni ana shunday jazolaymiz. Yunus 10:13 ⧉
Tafsir:
Ey mushriklar, sizlardan oldin oʻtgan qavmlarni ham halok qildik. Chunki ular Allohning paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarib, gunohlar qildilar. Paygʻambarlari oʻzlarining haq ekaniga dalolat qiladigan ochiq-ravshan hujjatlarni keltirgan paytda ham iymon keltira olmadilar. Negaki, ular hali iymon uchun tayyor emasdilar. Shu bilan Alloh ularga yordam berishni va tavfiqni ravo koʻrmadi. Hamma zamon va makonlarda bu kabi zolimlarni mana shu tarzda jazolaymiz.