Sen: «Agar Alloh xohlaganida, uni sizlarga tilovat qilmas va uni sizlarga o`rgatmas edi. Batahqiq, men orangizda undan oldin ham umr kechirdim. Aql ishlatib ko`rmaysizlarmi?» deb ayt. Yunus 10:16 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Alloh istaganida, men Quronni sizlarga oʻqib bermagan, yetkazmagan boʻlardim. Alloh istaganida, Quronni sizlarga mening tilim orqali oʻrgatmagan boʻlardi. Axir shu ishlardan oldin ham uzoq muddat, qirq yil sizlarning orangizda yashadim-ku. Oʻqish va yozishni bilmas edim-ku. Bunday martabalarga intilmas edim-ku. Aqlingizni ishlatib, men olib kelgan risolat Alloh tarafidan ekanini, bu ishda mening qoʻlim yoʻqligini bilib olmaysizlarmi?!"