Allohga yolg`on to`qigan yoki Uning oyatlarini yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, jinoyatchilar najot topmaslar. Yunus 10:17 ⧉
Tafsir:
Allohga yolgʻon toʻqigan odamdan koʻra zolimroq kimsa yoʻq. Shunday ekan, qanday qilib men Allohga tuhmat qilib, Quronni oʻzgartiray?! Haq gap shuki, Alloh belgilab qoʻygan hadlardan oshib, yolgʻon toʻqiganlar maqsadlariga erisha olmaydilar.