Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida haqqa hidoyat qiladigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh haqqa hidoyat qiladir. Ergashishga haqqa hidoyat qiladigan Zot haqliroqmi yoki hidoyat qilmaydigan, balki o`zi hidoyatga muhtoj kimsami? Sizga nima bo`ldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz?!» deb ayt.
Yunus 10:35 ⧉