Ularning ko`plari gumonga ergashadilar, xolos. Albatta, gumon haq o`rnida hech narsa bo`la olmas. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir. Yunus 10:36 ⧉
Tafsir:
Mushriklarning aksariyati faqat shubha-gumonga ergashadilar. Gumon esa hech qachon aniq ishonch oʻrnini bosolmaydi. Alloh ularning qilayotgan ishlaridan Xabardordir. U Zotdan biron ish yashirin boʻlolmaydi. Yaqinda ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.