Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 37 • Oʻzbekcha


وَمَا كَانَ هَٰذَا الْقُرْآنُ أَنْ يُفْتَرَىٰ مِنْ دُونِ اللَّهِ وَلَٰكِنْ تَصْدِيقَ الَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ الْكِتَابِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِنْ رَبِّ الْعَالَمِينَ 37
Tarjima:
Ushbu Qur'on Allohdan boshqa tomonidan to`qib chiqarilgan emas. Va lekin u o`zidan oldingining tasdig`i va kitobning tafsilotidir. Unda hech shubha yo`q. U olamlarning Robbisidandir. Yunus 10:37
Tafsir:
Bu Quronning toʻqima boʻlishi, Allohdan boshqaga mansub boʻlishi mumkin emas. Chunki inson zoti unga oʻxshashini yoza olmagan. U oʻzidan avvaligi kitoblarni ham tasdiqlab kelgan. Ulardagi qisqa, mujmal hukmlarni kengaytirib, tafsiloti bilan bayon qilgan. Xullas, uning hamma maxluqotlarni yaratgan Parvardigor tarafidan ekanida shak-shubha yoʻq.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 36 Keyingi Yunus • Oyat 38