Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 38 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 38 • Oʻzbekcha


أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ ۖ قُلْ فَأْتُوا بِسُورَةٍ مِثْلِهِ وَادْعُوا مَنِ اسْتَطَعْتُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ 38
Tarjima:
Yoki o`zi to`qib olgan derlarmi? Sen: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, unga o`xshash bir sura keltiring va (bu ishga) Allohdan boshqa, kuchingiz yetganicha, kimni xohlasangiz, chaqiring», deb ayt. Yunus 10:38
Tafsir:
Anavi mushriklarning aytishicha, Quronni Muhammad alayhissalomning oʻzi toʻqib, keyin uni Allohning kalomi deyayotgan emish. Ey Paygʻambar, ularga raddiya bildirib ayting: "Agar Quronni men aytayotgan boʻlsam, men ham sizlar kabi bir ojiz insonman, marhamat, sizlar ham unga oʻxshash birgina surani aytinglar-chi! Bu ishni qilish uchun hamma tarafdorlaringizni yordamga chaqirsangiz ham hargiz qila olmaysiz. Til va sher ustalari, mohirlari boʻla turib, shu ishning uddasidan chiqa olmasligingiz Quron Allohning kalomi ekaniga yaqqol dalildir".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 37 Keyingi Yunus • Oyat 39