Ulardan senga nazar soladiganlari ham bor. Agar o`zlari (qalb ko`zlari ila) ko`rmasalar, ko`rlarni sen hidoyat qila olurmisan?! Yunus 10:43 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, mushriklar orasida sizga qalb koʻzi bilan emas, oddiy koʻzi bilan qaraydiganlari ham bor. Koʻzi koʻrlarga koʻrsata olarmidingiz? Bu ish sizning qoʻlingizdan kelmaydi. Shuningdek koʻzi koʻrlarni hidoyatga boshlay olmaysiz.