Albatta, Alloh odamlarga hech zulm qilmas, va lekin odamlar o`zlariga zulm qilurlar. Yunus 10:44 ⧉
Tafsir:
Alloh bandalariga zulm qilishdan Pok Zotdir. U bandalariga zarracha zulm qilmaydi. Lekin ular oʻzlariga oʻzlari zulm qilib, mutaassiblik, nohaqlik, mutakabbirlik va sarkashlik ila oʻzlarini oʻzlari halokat chohiga uloqtiradilar.