Ularni to`playdigan kunda xuddi nahordan bir soatgina turganga o`xshab, bir-birlari bilan tanishurlar. Batahqiq, Allohning muloqotini yolg`onga chiqarganlar va hidoyat topganlardan bo`lmaganlar ziyon qilurlar. Yunus 10:45 ⧉
Tafsir:
Alloh insonlarni Qiyomat kunida hisob-kitob uchun toʻplaganida ular bu dunyo hayotida ham, qabrdagi hayotida ham kunduzidan bir bir soatgina turib, bir-birlari bilan tanishgandek boʻladilar. Qiyomatning dahshatidan shundan ortiq narsani eslay olmaydilar. Qiyomat kuni Parvardigorlari bilan uchrashishni yolgʻonga chiqarganlar yutqazdilar. Ular bu dunyoda qayta tirilishga ishonmadilar. Ishonganlarida yutqazish balosidan qutulib qolgan boʻlardilar.