Yoki senga ularga va'da qilganimizning ba'zisini ko`rsatamiz yoki seni vafot ettiramiz. Bas, ularning qaytishlari Bizgadir. So`ngra, nima qilayotganlariga Alloh shohiddir. Yunus 10:46 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Biz ularga azobni vada qilgandik. Endi yo tiriklik paytingizda oʻsha azobdan bir qismini sizga koʻrsatamiz yoki uni koʻrsatmasimizdan oldin sizni vafot etdiramiz. Har ikki holatda ham Qiyomat kuni ularning qaytib borar joyi Bizgadir. Alloh ularning hamma ishlaridan ogohdir. Hech bir narsa Allohdan yashirin boʻlolmaydi. Yaqinda ularni amallariga yarasha jazolaydi.