Sura Rahmon (Mehribon) — سُورَةُ الرحمن
الرَّحْمَٰنُ i
Rohman. (1)
عَلَّمَ الْقُرْآنَ i
Qur'onni o`rgatdi. (2)
خَلَقَ الْإِنْسَانَ i
Insonni yaratdi. (3)
عَلَّمَهُ الْبَيَانَ i
Unga bayonni o`rgatdi. (4)
الشَّمْسُ وَالْقَمَرُ بِحُسْبَانٍ i
Quyosh va oy hisobdadir. (5)
وَالنَّجْمُ وَالشَّجَرُ يَسْجُدَانِ i
O`t-o`lan ham, daraxtlar ham sajda qilurlar. (6)
وَالسَّمَاءَ رَفَعَهَا وَوَضَعَ الْمِيزَانَ i
Osmonni baland ko`tardi va (adolat) tarozuni o`rnatdi. (7)
أَلَّا تَطْغَوْا فِي الْمِيزَانِ i
Mezonda haddingizdan oshmasligingiz uchun. (8)
وَأَقِيمُوا الْوَزْنَ بِالْقِسْطِ وَلَا تُخْسِرُوا الْمِيزَانَ i
Adolat ila o`lchang va tarozudan urib qolmang. (9)
وَالْأَرْضَ وَضَعَهَا لِلْأَنَامِ i
Va yerni xaloyiq uchun qo`ydi. (10)
فِيهَا فَاكِهَةٌ وَالنَّخْلُ ذَاتُ الْأَكْمَامِ i
U(er)da mevalar va gulkosali xurmolar bor. (11)
وَالْحَبُّ ذُو الْعَصْفِ وَالرَّيْحَانُ i
Va somonli donlar hamda rayhonlar bor. (12)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (13)
خَلَقَ الْإِنْسَانَ مِنْ صَلْصَالٍ كَالْفَخَّارِ i
Insonni sopolga o`xshash qurigan loydan yaratdi. (14)
وَخَلَقَ الْجَانَّ مِنْ مَارِجٍ مِنْ نَارٍ i
Va jinlarni o`t-alangadan yaratdi. (15)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (16)
رَبُّ الْمَشْرِقَيْنِ وَرَبُّ الْمَغْرِبَيْنِ i
U ikki mashriq va ikki mag`ribning Robbidir. (17)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (18)
مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ i
Daryoyu dengizlarni bir-biri bilan uchrashadigan qilib qo`ydi. (19)
بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لَا يَبْغِيَانِ i
O`rtalaridagi to`siqdan oshib o`tolmaslar. (20)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (21)
يَخْرُجُ مِنْهُمَا اللُّؤْلُؤُ وَالْمَرْجَانُ i
U ikkisidan lu'lu' va marjon chiqar. (22)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarrini yolg`on deya olursiz?! (23)
وَلَهُ الْجَوَارِ الْمُنْشَآتُ فِي الْبَحْرِ كَالْأَعْلَامِ i
Dengizlarda tog`dek bo`lib suzib yuruvchilar ham Unikidir. (24)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (25)
كُلُّ مَنْ عَلَيْهَا فَانٍ i
(Er) yuzidagi barcha jonzot foniydir. (26)
وَيَبْقَىٰ وَجْهُ رَبِّكَ ذُو الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ i
Ulug`lik va ikrom egasi Robbingning O`zigina boqiydir. (27)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (28)
يَسْأَلُهُ مَنْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ كُلَّ يَوْمٍ هُوَ فِي شَأْنٍ i
Undan yeru osmondagi jonzotlar so`rarlar. U har kuni ishdadir. (29)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (30)
سَنَفْرُغُ لَكُمْ أَيُّهَ الثَّقَلَانِ i
Albatta, sizlar uchun vaqt topamiz, ey, insu jinlar! (31)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (32)
يَا مَعْشَرَ الْجِنِّ وَالْإِنْسِ إِنِ اسْتَطَعْتُمْ أَنْ تَنْفُذُوا مِنْ أَقْطَارِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ فَانْفُذُوا ۚ لَا تَنْفُذُونَ إِلَّا بِسُلْطَانٍ i
Ey, jin va ins jamoalari, agar siz osmonlaru yer chegaralaridan chiqib ketishga qodir bo`lsalaringiz, chiqaveringlar. Faqat, sulton ila chiqa olursiz, xolos. (33)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (34)
يُرْسَلُ عَلَيْكُمَا شُوَاظٌ مِنْ نَارٍ وَنُحَاسٌ فَلَا تَنْتَصِرَانِ i
Ustingizdan olov va tutun yuborilur. Bas, qutula olmassiz. (35)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (36)
فَإِذَا انْشَقَّتِ السَّمَاءُ فَكَانَتْ وَرْدَةً كَالدِّهَانِ i
Osmon yorilib, qirmizi moyga aylangan vaqtda... (37)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (38)
فَيَوْمَئِذٍ لَا يُسْأَلُ عَنْ ذَنْبِهِ إِنْسٌ وَلَا جَانٌّ i
Bas, u kunda ins ham, jin ham gunohidan so`ralmas. (39)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (40)
يُعْرَفُ الْمُجْرِمُونَ بِسِيمَاهُمْ فَيُؤْخَذُ بِالنَّوَاصِي وَالْأَقْدَامِ i
Jinoyatkorlar siymolaridan bilinib turar. Va ularning peshona sochlari va oyoqlaridan tutilur. (41)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (42)
هَٰذِهِ جَهَنَّمُ الَّتِي يُكَذِّبُ بِهَا الْمُجْرِمُونَ i
Jinoyatkorlar yolg`onga chiqarayotgan jahannam shu bo`ladir. (43)
يَطُوفُونَ بَيْنَهَا وَبَيْنَ حَمِيمٍ آنٍ i
Ular jahannam bilan o`ta qaynoq suv o`rtasida aylanurlar. (44)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (45)
وَلِمَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِ جَنَّتَانِ i
Robbisi huzurida turishdan qo`rqqanlar uchun ikki jannat bor. (46)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (47)
ذَوَاتَا أَفْنَانٍ i
U(jannat)lar shox-novdalidirlar. (48)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (49)
فِيهِمَا عَيْنَانِ تَجْرِيَانِ i
Ikkovlarida ikki oqar buloq bor. (50)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (51)
فِيهِمَا مِنْ كُلِّ فَاكِهَةٍ زَوْجَانِ i
Ikkovlarida ham mevadan juft navlar bor. (52)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (53)
مُتَّكِئِينَ عَلَىٰ فُرُشٍ بَطَائِنُهَا مِنْ إِسْتَبْرَقٍ ۚ وَجَنَى الْجَنَّتَيْنِ دَانٍ i
Ipak astarli to`shaklarga yonboshlagan va ikki jannat mevalari yaqin bo`lgan hollarida... (54)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (55)
فِيهِنَّ قَاصِرَاتُ الطَّرْفِ لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنْسٌ قَبْلَهُمْ وَلَا جَانٌّ i
Ularda ko`zlari tiyilgan, avval ins ham, jin ham tegmagan(hur)lar bor. (56)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (57)
كَأَنَّهُنَّ الْيَاقُوتُ وَالْمَرْجَانُ i
U(hur)lar xuddi yoqut va marjonga o`xsharlar. (58)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (59)
هَلْ جَزَاءُ الْإِحْسَانِ إِلَّا الْإِحْسَانُ i
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir. (60)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (61)
وَمِنْ دُونِهِمَا جَنَّتَانِ i
U ikkovidan pastroqda yana ikki jannat bor. (62)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (63)
مُدْهَامَّتَانِ i
Ikkovlari yam-yashildir. (64)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (65)
فِيهِمَا عَيْنَانِ نَضَّاخَتَانِ i
Ikkovlarida otilib turuvchi ikki buloq bordir. (66)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (67)
فِيهِمَا فَاكِهَةٌ وَنَخْلٌ وَرُمَّانٌ i
Ikkovlarida mevalar, xurmo va anorlar bordir. (68)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (69)
فِيهِنَّ خَيْرَاتٌ حِسَانٌ i
Ularda yaxshi go`zallar bor. (70)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (71)
حُورٌ مَقْصُورَاتٌ فِي الْخِيَامِ i
Chodirlarni lozim tutgan hurlar bor. (72)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (73)
لَمْ يَطْمِثْهُنَّ إِنْسٌ قَبْلَهُمْ وَلَا جَانٌّ i
Avval ularga ins ham, jin ham tegmagan. (74)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (75)
مُتَّكِئِينَ عَلَىٰ رَفْرَفٍ خُضْرٍ وَعَبْقَرِيٍّ حِسَانٍ i
Yashil bolishlarga va go`zal gilamlarda yonboshlagan hollaridadir. (76)
فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ i
Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?! (77)
تَبَارَكَ اسْمُ رَبِّكَ ذِي الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ i
Ulug`lik va ikrom egasi bo`lmish Robbingizning ismi muborak bo`ldi. (78)