Sura Jin (Jinlar) — سُورَةُ الجن
قُلْ أُوحِيَ إِلَيَّ أَنَّهُ اسْتَمَعَ نَفَرٌ مِنَ الْجِنِّ فَقَالُوا إِنَّا سَمِعْنَا قُرْآنًا عَجَبًا i
Sen ayt: «Menga vahiy qilindiki, albatta jinlardan (bir necha) nafari quloq osdilar va dedilar: «Biz ajoyib Qur'onni eshitdik. (1)
يَهْدِي إِلَى الرُّشْدِ فَآمَنَّا بِهِ ۖ وَلَنْ نُشْرِكَ بِرَبِّنَا أَحَدًا i
U to`g`ri yo`lga hidoyat qiladir. Bas, biz unga iymon keltirdik va o`z Robbimizga birovni shirk keltirmasmiz, (2)
وَأَنَّهُ تَعَالَىٰ جَدُّ رَبِّنَا مَا اتَّخَذَ صَاحِبَةً وَلَا وَلَدًا i
Va albatta, Robbimizning azamati yuksak bo`ldi. U o`ziga xotin va farzand tutgani yo`q. (3)
وَأَنَّهُ كَانَ يَقُولُ سَفِيهُنَا عَلَى اللَّهِ شَطَطًا i
Va albatta, esi pastimiz Allohga nohaq gaplarni aytardi. (4)
وَأَنَّا ظَنَنَّا أَنْ لَنْ تَقُولَ الْإِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَى اللَّهِ كَذِبًا i
Va albatta, biz ins ham, jin ham Allohga (nisbatan) yolg`on gapirmas, deb o`ylardik. (5)
وَأَنَّهُ كَانَ رِجَالٌ مِنَ الْإِنْسِ يَعُوذُونَ بِرِجَالٍ مِنَ الْجِنِّ فَزَادُوهُمْ رَهَقًا i
Va albatta, insdan ba'zi kishilar jinlarning ba'zi kishilaridan panoh so`rardilar. Bas, bu(jin)lar u(inson)larning gunoh va xorligini ziyoda qildilar. (6)
وَأَنَّهُمْ ظَنُّوا كَمَا ظَنَنْتُمْ أَنْ لَنْ يَبْعَثَ اللَّهُ أَحَدًا i
Va albatta, u(inson)lar xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh biror kishini o`lgandan so`ng tiriltirmas, deb gumon qilardilar. (7)
وَأَنَّا لَمَسْنَا السَّمَاءَ فَوَجَدْنَاهَا مُلِئَتْ حَرَسًا شَدِيدًا وَشُهُبًا i
Va albatta, biz osmon(ga yetish)ni talab qildik. Bas, uni kuchli qo`riqchilarga va uchqunlarga to`lgan holda ko`rdik. (8)
وَأَنَّا كُنَّا نَقْعُدُ مِنْهَا مَقَاعِدَ لِلسَّمْعِ ۖ فَمَنْ يَسْتَمِعِ الْآنَ يَجِدْ لَهُ شِهَابًا رَصَدًا i
Va albatta, biz u(osmon)da tinglashga qulay joylarga joylashib olar edik. Endi esa, kim quloq solsa, o`zini poylab turgan uchqunga duchor bo`ladir. (9)
وَأَنَّا لَا نَدْرِي أَشَرٌّ أُرِيدَ بِمَنْ فِي الْأَرْضِ أَمْ أَرَادَ بِهِمْ رَبُّهُمْ رَشَدًا i
Va albatta, biz, yer yuzidagilarga yomonlik iroda qilindimi yoki Robbilari ularga rushdni iroda qildimi, bilmasmiz. (10)
وَأَنَّا مِنَّا الصَّالِحُونَ وَمِنَّا دُونَ ذَٰلِكَ ۖ كُنَّا طَرَائِقَ قِدَدًا i
Va albatta, bizdan solihlar ham va boshqalar ham bor. Turli guruhlar bo`lgan edik. (11)
وَأَنَّا ظَنَنَّا أَنْ لَنْ نُعْجِزَ اللَّهَ فِي الْأَرْضِ وَلَنْ نُعْجِزَهُ هَرَبًا i
Va albatta, biz Allohni yer yuzida ojiz qoldira olmasligimizga va Undan qochib qutula olmasligimizga ishondik. (12)
وَأَنَّا لَمَّا سَمِعْنَا الْهُدَىٰ آمَنَّا بِهِ ۖ فَمَنْ يُؤْمِنْ بِرَبِّهِ فَلَا يَخَافُ بَخْسًا وَلَا رَهَقًا i
Va albatta, biz hidoyatni eshitgan paytimizda unga iymon keltirdik. Kimki o`z Robbisiga iymon keltirsa, savobi ozayib qolishdan ham, unga og`ir yuk yuklanishidan ham qo`rqmaydi. (13)
وَأَنَّا مِنَّا الْمُسْلِمُونَ وَمِنَّا الْقَاسِطُونَ ۖ فَمَنْ أَسْلَمَ فَأُولَٰئِكَ تَحَرَّوْا رَشَدًا i
Va albatta, bizdan musulmonlar (bor) va bizdan adashganlar (bor). Kimlar Islomga kirsa, bas, ular haq yo`lni tanlabdilar. (14)
وَأَمَّا الْقَاسِطُونَ فَكَانُوا لِجَهَنَّمَ حَطَبًا i
Va ammo, adashganlar, bas, jahannamga o`tin bo`libdilar. (15)
وَأَنْ لَوِ اسْتَقَامُوا عَلَى الطَّرِيقَةِ لَأَسْقَيْنَاهُمْ مَاءً غَدَقًا i
Va agar ular to`g`ri yo`ldan yursalar, albatta Biz ularni ko`p suv ila sug`oramiz. (16)
لِنَفْتِنَهُمْ فِيهِ ۚ وَمَنْ يُعْرِضْ عَنْ ذِكْرِ رَبِّهِ يَسْلُكْهُ عَذَابًا صَعَدًا i
U ila ularni sinash uchun. Va kimki o`z Robbisi zikridan yuz o`girsa, uni U zot qiyin azobga soladir. (17)
وَأَنَّ الْمَسَاجِدَ لِلَّهِ فَلَا تَدْعُوا مَعَ اللَّهِ أَحَدًا i
Va albatta, masjidlar Allohnikidir. Bas, Allohdan boshqaga duo qilmang. (18)
وَأَنَّهُ لَمَّا قَامَ عَبْدُ اللَّهِ يَدْعُوهُ كَادُوا يَكُونُونَ عَلَيْهِ لِبَدًا i
Va albatta, Allohning bandasi Unga ibodat qilib turganda ular uning atrofida ot yolidek to`planib, bosib yuboray deyishdi. (19)
قُلْ إِنَّمَا أَدْعُو رَبِّي وَلَا أُشْرِكُ بِهِ أَحَدًا i
Sen: «Albatta, men faqat o`z Robbimga ibodat qilurman va Unga hech kimni shirk keltirmasman», deb ayt. (20)
قُلْ إِنِّي لَا أَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا رَشَدًا i
Sen: «Albatta, men sizlar uchun zararga ham, manfaatga ham molik emasman», deb ayt. (21)
قُلْ إِنِّي لَنْ يُجِيرَنِي مِنَ اللَّهِ أَحَدٌ وَلَنْ أَجِدَ مِنْ دُونِهِ مُلْتَحَدًا i
Sen: «Albatta, meni hech kim Alloh(azobi)dan saqlab qola olmas va hargiz Allohdan o`zga pushti panoh topa olmasman. (22)
إِلَّا بَلَاغًا مِنَ اللَّهِ وَرِسَالَاتِهِ ۚ وَمَنْ يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَإِنَّ لَهُ نَارَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا i
Faqat, Allohdan U zotning topshiriqlarini yetkazishdir. Kimki Allohga va Uning Payg`ambariga bo`ysunmasa, unga jahannam otashi bor, unda abadiy qolajaklar», deb ayt. (23)
حَتَّىٰ إِذَا رَأَوْا مَا يُوعَدُونَ فَسَيَعْلَمُونَ مَنْ أَضْعَفُ نَاصِرًا وَأَقَلُّ عَدَدًا i
Toki ularga va'da qilingan narsani ko`rganlarida, kimning yordamchisi zaif-u, kimning soni ozligini ham bilurlar. (24)
قُلْ إِنْ أَدْرِي أَقَرِيبٌ مَا تُوعَدُونَ أَمْ يَجْعَلُ لَهُ رَبِّي أَمَدًا i
Sen: «Sizlarga va'da qilingan narsa yaqinmi yoki Robbim unga uzoq muddat qilganmi, bilmasman», deb ayt. (25)
عَالِمُ الْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَىٰ غَيْبِهِ أَحَدًا i
U g`aybni biluvchidir va hech kimni o`z g`aybidan xabardor qilmas. (26)
إِلَّا مَنِ ارْتَضَىٰ مِنْ رَسُولٍ فَإِنَّهُ يَسْلُكُ مِنْ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ رَصَدًا i
Illo, O`zi rozi bo`lgan Payg`ambarlar. Albatta, Alloh uning oldidan ham, ortidan ham kuzatib yuruvchi qo`yib qo`yadir. (27)
لِيَعْلَمَ أَنْ قَدْ أَبْلَغُوا رِسَالَاتِ رَبِّهِمْ وَأَحَاطَ بِمَا لَدَيْهِمْ وَأَحْصَىٰ كُلَّ شَيْءٍ عَدَدًا i
(Payg`ambarlar) o`z Robbilari risolatlarini haqiqatan yetkazganliklarini va Alloh u(banda)lar huzuridagi barcha narsani ihota qilib olganligini va hamma narsaning adadini hisob qilganligini bilish uchun. (28)