Sura Alaq (Qon laxtasi) — سُورَةُ العلق
اقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ i
96:1Yaratgan Robbing nomi bilan o`qi. (1)
خَلَقَ الْإِنْسَانَ مِنْ عَلَقٍ i
96:2U insonni alaqdan yaratdi. (2)
اقْرَأْ وَرَبُّكَ الْأَكْرَمُ i
96:3O`qi! Robbing Karamlilarning karamlisidir. (3)
الَّذِي عَلَّمَ بِالْقَلَمِ i
96:4U, qalam bilan ilm o`rgatgandir. (4)
عَلَّمَ الْإِنْسَانَ مَا لَمْ يَعْلَمْ i
96:5U, insonga bilmagan narsasini o`rgatdi. (5)
كَلَّا إِنَّ الْإِنْسَانَ لَيَطْغَىٰ i
96:6Yo`q! Inson, albatta, tug`yonga ketur. (6)
أَنْ رَآهُ اسْتَغْنَىٰ i
96:7Gar o`zini boy ko`rsa. (7)
إِنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ الرُّجْعَىٰ i
96:8Albatta, qaytib borish Robbinggadir. (8)
أَرَأَيْتَ الَّذِي يَنْهَىٰ i
96:9Qaytarganni ko`rdingmi?! (9)
عَبْدًا إِذَا صَلَّىٰ i
96:10Bandani namoz o`qiyotganida?! (10)
أَرَأَيْتَ إِنْ كَانَ عَلَى الْهُدَىٰ i
96:11Ayting-chi, agar o`sha hidoyatda bo`lsa. (11)
أَوْ أَمَرَ بِالتَّقْوَىٰ i
96:12Yoki taqvoga chaqirsa. (12)
أَرَأَيْتَ إِنْ كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ i
96:13Ayting-chi, agar u yolg`onga chiqarsa va yuz o`girsa. (13)
أَلَمْ يَعْلَمْ بِأَنَّ اللَّهَ يَرَىٰ i
96:14Alloh uni ko`rib turishini bilmasmi? (14)
كَلَّا لَئِنْ لَمْ يَنْتَهِ لَنَسْفَعًا بِالنَّاصِيَةِ i
96:15Yo`q! Agar qaytmasa, peshonasidan shiddat-la tutamiz! (15)
نَاصِيَةٍ كَاذِبَةٍ خَاطِئَةٍ i
96:16Yolg`onchi, xatokor peshonasidan! (16)
فَلْيَدْعُ نَادِيَهُ i
96:17Bas, u o`z to`pini chaqirsin. (17)
سَنَدْعُ الزَّبَانِيَةَ i
96:18Biz ham zaboniyalarni chaqirurmiz. (18)
كَلَّا لَا تُطِعْهُ وَاسْجُدْ وَاقْتَرِبْ ۩ i
96:19Yo`q! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil. (19)