Sura Mulk (Hukmronlik) — سُورَةُ الملك
yana 1 ta nom ⧉
تَبَارَكَ الَّذِي بِيَدِهِ الْمُلْكُ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ i
Qo`lida mulk bo`lgan Zot ulug`, muqaddas bo`ldi. U barcha narsaga qodirdir. (1)
الَّذِي خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيَاةَ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا ۚ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْغَفُورُ i
U, o`lim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekanligingizni sinash uchun yaratdi. U aziyz va o`ta mag`firatlidir. (2)
الَّذِي خَلَقَ سَبْعَ سَمَاوَاتٍ طِبَاقًا ۖ مَا تَرَىٰ فِي خَلْقِ الرَّحْمَٰنِ مِنْ تَفَاوُتٍ ۖ فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرَىٰ مِنْ فُطُورٍ i
U yetti osmonni tabaqama-tabaqa yaratgan. Rohmanning yaratganida hech tafovut ko`rmassan. Qayta nazar sol! Biror kamchilik ko`ryapsanmi? (3)
ثُمَّ ارْجِعِ الْبَصَرَ كَرَّتَيْنِ يَنْقَلِبْ إِلَيْكَ الْبَصَرُ خَاسِئًا وَهُوَ حَسِيرٌ i
So`ng takror-takror nazar sol, nazar senga istaganini topa olmay, horib-charchagan holda qaytadir. (4)
وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَاءَ الدُّنْيَا بِمَصَابِيحَ وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاطِينِ ۖ وَأَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابَ السَّعِيرِ i
Va darhaqiqat, Biz yaqin osmonni chiroqlar bilan ziynatlab qo`ydik va u(chiroq)larni shaytonlarga otiladigan narsa ham qilib qo`ydik. Va u(shayton)larga olovi qizib turgan jahannamni tayyorlab qo`ydik. (5)
وَلِلَّذِينَ كَفَرُوا بِرَبِّهِمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ ۖ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ i
O`z Robbilariga kufr keltirganlar uchun jahannam azobi bordur va u qanday ham yomon qaytadigan joy! (6)
إِذَا أُلْقُوا فِيهَا سَمِعُوا لَهَا شَهِيقًا وَهِيَ تَفُورُ i
Ular jahannamga tashlangan chog`larida uning hangragan ovozini eshiturlar, u esa, qaynab turgan bo`ladir. (7)
تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ ۖ كُلَّمَا أُلْقِيَ فِيهَا فَوْجٌ سَأَلَهُمْ خَزَنَتُهَا أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَذِيرٌ i
U g`azabdan yorilib ketay der. Har qachon unga yangi guruh tashlanganda, uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?» – deb so`raydir. (8)
قَالُوا بَلَىٰ قَدْ جَاءَنَا نَذِيرٌ فَكَذَّبْنَا وَقُلْنَا مَا نَزَّلَ اللَّهُ مِنْ شَيْءٍ إِنْ أَنْتُمْ إِلَّا فِي ضَلَالٍ كَبِيرٍ i
Ular: «Ha, darhaqiqat, bizga ogohlantiruvchi kelgan edi. Lekin biz (uni) yolg`onchiga chiqardik va: «Alloh hech narsa tushirgani yo`q, sizlar katta adashuvdan boshqa hech narsa emassizlar», degan edik», deyishar. (9)
وَقَالُوا لَوْ كُنَّا نَسْمَعُ أَوْ نَعْقِلُ مَا كُنَّا فِي أَصْحَابِ السَّعِيرِ i
Va ular: «Agar e'tibor qulog`i bilan eshitganimizda yoki aqlni ishlatganimizda edi, do`zaxiylar orasida bo`lmagan bo`lar edik», derlar. (10)
فَاعْتَرَفُوا بِذَنْبِهِمْ فَسُحْقًا لِأَصْحَابِ السَّعِيرِ i
Bas, ular o`z gunohlarini e'tirof etdilar. Yo`qolsin do`zaxiylar! (11)
إِنَّ الَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ بِالْغَيْبِ لَهُمْ مَغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ i
Albatta, o`z Robbilaridan g`oyibdan qo`rqadiganlar uchun gunohlarini kechish va ulkan ajr-savoblar bordir. (12)
وَأَسِرُّوا قَوْلَكُمْ أَوِ اجْهَرُوا بِهِ ۖ إِنَّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ i
Va siz so`zingizni sir tutasizmi yoki oshkora aytasizmi, albatta, U ko`ngillardagini ham bilguvchi Zotdir. (13)
أَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ i
Yaratgan zot O`zi bilmasmi? Holbuki, U daqiqlargacha biluvchi va xabardordir. (14)
هُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الْأَرْضَ ذَلُولًا فَامْشُوا فِي مَنَاكِبِهَا وَكُلُوا مِنْ رِزْقِهِ ۖ وَإِلَيْهِ النُّشُورُ i
U sizlarga yerni bo`ysundirib qo`ygan Zotdir. Bas, aning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng va qabrdan chiqib borish ham Uning huzuriga bo`ladir. (15)
أَأَمِنْتُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ أَنْ يَخْسِفَ بِكُمُ الْأَرْضَ فَإِذَا هِيَ تَمُورُ i
Osmondagi Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan omonda bo`ldingizmi? (16)
أَمْ أَمِنْتُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ أَنْ يُرْسِلَ عَلَيْكُمْ حَاصِبًا ۖ فَسَتَعْلَمُونَ كَيْفَ نَذِيرِ i
Yoki osmondagi Zot sizlarga azob shamolni yuborishidan omonda bo`ldingizmi? Bas, albatta, ogohlantirish qandoq bo`lishini bilasizlar. (17)
وَلَقَدْ كَذَّبَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ i
Va, darhaqiqat, ulardan avvalgilari ham yolg`onga chiqargan edilar. Bas, inkorim qanday bo`ldi?! (18)
أَوَلَمْ يَرَوْا إِلَى الطَّيْرِ فَوْقَهُمْ صَافَّاتٍ وَيَقْبِضْنَ ۚ مَا يُمْسِكُهُنَّ إِلَّا الرَّحْمَٰنُ ۚ إِنَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ بَصِيرٌ i
Tepalarida (qanotlarini) yoyib va yig`ib (uchayotgan) qushni ko`rmaydilarmi? Ularni Rohmandan boshqa ushlab turuvchi yo`q. Albatta, U barcha narsani ko`ruvchidir. (19)
أَمَّنْ هَٰذَا الَّذِي هُوَ جُنْدٌ لَكُمْ يَنْصُرُكُمْ مِنْ دُونِ الرَّحْمَٰنِ ۚ إِنِ الْكَافِرُونَ إِلَّا فِي غُرُورٍ i
Rohmandan boshqa sizlarga yordam beradigan askar kim o`zi? Kofirlar g`ururdan boshqa hech narsada emaslar! (20)
أَمَّنْ هَٰذَا الَّذِي يَرْزُقُكُمْ إِنْ أَمْسَكَ رِزْقَهُ ۚ بَلْ لَجُّوا فِي عُتُوٍّ وَنُفُورٍ i
U rizqni tortib qo`ysa, sizga rizq beradigan kim o`zi?! Balki ular abadiy tug`yonda va haqdan nafratda bo`lurlar. (21)
أَفَمَنْ يَمْشِي مُكِبًّا عَلَىٰ وَجْهِهِ أَهْدَىٰ أَمَّنْ يَمْشِي سَوِيًّا عَلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ i
Yuz tuban qoqilib yurayotgan kishi hidoyatdami yoki to`g`ri yo`ldan qomatini tik tutib borayotgan kishimi? (22)
قُلْ هُوَ الَّذِي أَنْشَأَكُمْ وَجَعَلَ لَكُمُ السَّمْعَ وَالْأَبْصَارَ وَالْأَفْئِدَةَ ۖ قَلِيلًا مَا تَشْكُرُونَ i
Ayt: «U sizlarni yo`qdan bor qilgan va sizlarga eshitish, ko`rish va aqlni bergan Zotdir. Juda ham oz shukr qilasizlar-a?!» (23)
قُلْ هُوَ الَّذِي ذَرَأَكُمْ فِي الْأَرْضِ وَإِلَيْهِ تُحْشَرُونَ i
Ayt: «U sizlarni yer yuzida yaratgan, ko`paytirgan Zotdir. Va Uning huzuriga to`planursizlar». (24)
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا الْوَعْدُ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ i
Va ular: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur?» – derlar. (25)
قُلْ إِنَّمَا الْعِلْمُ عِنْدَ اللَّهِ وَإِنَّمَا أَنَا نَذِيرٌ مُبِينٌ i
Ayt: «Albatta, ilm faqat Allohning huzuridadir. Va albatta, men yaqqol ogohlantiruvchiman, xolos». (26)
فَلَمَّا رَأَوْهُ زُلْفَةً سِيئَتْ وُجُوهُ الَّذِينَ كَفَرُوا وَقِيلَ هَٰذَا الَّذِي كُنْتُمْ بِهِ تَدَّعُونَ i
Bas u(azob)ni yaqindan ko`rganda kufr keltirganlarning yuzlari qorayadir. Va ularga: «So`ragan narsangiz shu bo`lur», deyilur. (27)
قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ أَهْلَكَنِيَ اللَّهُ وَمَنْ مَعِيَ أَوْ رَحِمَنَا فَمَنْ يُجِيرُ الْكَافِرِينَ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ i
Ayt: «Aytinglar-chi, agar Alloh meni va men bilan bo`lganlarni halok qilsa yoki rahim qilsa, kofirlarni alamli azobdan kim qutqarib qoladir?! (28)
قُلْ هُوَ الرَّحْمَٰنُ آمَنَّا بِهِ وَعَلَيْهِ تَوَكَّلْنَا ۖ فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ فِي ضَلَالٍ مُبِينٍ i
Ayt: «U Rohmandur, biz Unga iymon keltirdik va Unga tavakkal qildik. Bas, sizlar tezda kim ochiq-oydin xatoda ekanini bilursizlar». (29)
قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ أَصْبَحَ مَاؤُكُمْ غَوْرًا فَمَنْ يَأْتِيكُمْ بِمَاءٍ مَعِينٍ i
Ayt: «Aytinglar-chi, agar suvlaringiz yerga singib ketsa, sizlarga kim osongina topiladigan suvni keltirur?» (30)