Sura Soffot (Saf tortuvchilar) — سُورَةُ الصافات
وَالصَّافَّاتِ صَفًّا i
Safda tizilib turuvchilar ila qasam. (1)
فَالزَّاجِرَاتِ زَجْرًا i
Zajr (qilinadiganlarni) zajr qilguvchilar ila qasam. (2)
فَالتَّالِيَاتِ ذِكْرًا i
Zikrni tilovat qilguvchilar ila qasam. (3)
إِنَّ إِلَٰهَكُمْ لَوَاحِدٌ i
Albatta, ilohingiz yagonadir. (4)
رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَرَبُّ الْمَشَارِقِ i
U zot osmonlaru yerning va ikkisi orasidagi narsalarning Robbidir. Va mashriqlarning Robbidir. (5)
إِنَّا زَيَّنَّا السَّمَاءَ الدُّنْيَا بِزِينَةٍ الْكَوَاكِبِ i
Albatta, Biz bu dunyo osmonini yulduzlar ziynati-la ziynatladik. (6)
وَحِفْظًا مِنْ كُلِّ شَيْطَانٍ مَارِدٍ i
Va har bir itoatsiz shaytondan saqlash uchun. (7)
لَا يَسَّمَّعُونَ إِلَى الْمَلَإِ الْأَعْلَىٰ وَيُقْذَفُونَ مِنْ كُلِّ جَانِبٍ i
Ular yuksak to`pliqqa quloq sola olmaslar va har tomondan (uchqun-la) otilurlar. (8)
دُحُورًا ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ وَاصِبٌ i
Haydalurlar! Ular uchun uzluksiz azob bordir. (9)
إِلَّا مَنْ خَطِفَ الْخَطْفَةَ فَأَتْبَعَهُ شِهَابٌ ثَاقِبٌ i
Magar birorta so`zni o`g`rilikcha tinglagan shaxs bo`lsa, uni yoquvchi olov ta'qib etar. (10)
فَاسْتَفْتِهِمْ أَهُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَمْ مَنْ خَلَقْنَا ۚ إِنَّا خَلَقْنَاهُمْ مِنْ طِينٍ لَازِبٍ i
Bas, sen ulardan so`ra: ularni yaratish qiyinroqmikan yoki Biz yaratgan zotlarni?! Albatta, Biz ularni yopishqoq loydan yaratdik. (11)
بَلْ عَجِبْتَ وَيَسْخَرُونَ i
Balki sen ajablanding, ular esa masxara qilurlar. (12)
وَإِذَا ذُكِّرُوا لَا يَذْكُرُونَ i
Qachonki eslatilsalar, eslamaslar. (13)
وَإِذَا رَأَوْا آيَةً يَسْتَسْخِرُونَ i
Qachonki biror oyat(belgi)ni ko`rsalar, qattiqroq masxara qilurlar. (14)
وَقَالُوا إِنْ هَٰذَا إِلَّا سِحْرٌ مُبِينٌ i
Ular: «Bu (Qur'on) ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas. (15)
أَإِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَامًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ i
O`lsak-da, tuproq va suyak bo`lsak-da, albatta, biz qayta tiriltirilurmizmi?! (16)
أَوَآبَاؤُنَا الْأَوَّلُونَ i
Avvalgi ota-bobolarimiz ham-a?!» – dedilar. (17)
قُلْ نَعَمْ وَأَنْتُمْ دَاخِرُونَ i
Sen: «Ha! Xor bo`lgan hollaringizda!» degin. (18)
فَإِنَّمَا هِيَ زَجْرَةٌ وَاحِدَةٌ فَإِذَا هُمْ يَنْظُرُونَ i
Bas, u faqatgina bir qichqiriqdan iborat, xolos. Bas, birdan ular nazar solib turibdilar-da! (19)
وَقَالُوا يَا وَيْلَنَا هَٰذَا يَوْمُ الدِّينِ i
Va ular: «Voh, sho`rimiz qurisin! Bu, jazo kuni-ku!» – derlar. (20)
هَٰذَا يَوْمُ الْفَصْلِ الَّذِي كُنْتُمْ بِهِ تُكَذِّبُونَ i
«Bu, sizlar yolg`onga chiqarib yurgan ajrim kunidir. (21)
احْشُرُوا الَّذِينَ ظَلَمُوا وَأَزْوَاجَهُمْ وَمَا كَانُوا يَعْبُدُونَ i
Zulm qilganlarni, ularning juftlarini va ular ibodat qilib yurgan... (22)
مِنْ دُونِ اللَّهِ فَاهْدُوهُمْ إِلَىٰ صِرَاطِ الْجَحِيمِ i
Allohdan o`zga narsalarini to`planglar. Bas, ularni jahiym yo`liga hidoyat qiling» (deyilur). (23)
وَقِفُوهُمْ ۖ إِنَّهُمْ مَسْئُولُونَ i
Va ularni to`xtatinglar! Albatta, ular so`ralguvchidirlar. (24)
مَا لَكُمْ لَا تَنَاصَرُونَ i
Sizlarga nima bo`ldi? O`zaro yordamlashmayapsiz?! (25)
بَلْ هُمُ الْيَوْمَ مُسْتَسْلِمُونَ i
Yo`q! Ular bugungi kunda taslim bo`lguvchilardir. (26)
وَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَسَاءَلُونَ i
Ular bir-birlariga savol berurlar. (27)
قَالُوا إِنَّكُمْ كُنْتُمْ تَأْتُونَنَا عَنِ الْيَمِينِ i
Ular: «Albatta, sizlar bizga o`ng tomondan kelar edingiz», derlar. (28)
قَالُوا بَلْ لَمْ تَكُونُوا مُؤْمِنِينَ i
Ular: «Yo`q! Siz o`zingiz mo`min bo`lmagan edingiz. (29)
وَمَا كَانَ لَنَا عَلَيْكُمْ مِنْ سُلْطَانٍ ۖ بَلْ كُنْتُمْ قَوْمًا طَاغِينَ i
Bizning ustingizdan hukmronligimiz bo`lmagan edi. Yo`q! Siz o`zingiz tug`yonga ketgan qavm edingiz. (30)
فَحَقَّ عَلَيْنَا قَوْلُ رَبِّنَا ۖ إِنَّا لَذَائِقُونَ i
Bas, hammamizga Robbimizning (azob) so`zi haq bo`ldi. Albatta, biz totguvchilarmiz. (31)
فَأَغْوَيْنَاكُمْ إِنَّا كُنَّا غَاوِينَ i
Ha, biz sizlarni ig`vo qildik. Albatta, biz ig`vo qilguvchi edik», derlar. (32)
فَإِنَّهُمْ يَوْمَئِذٍ فِي الْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ i
Bas, ular u kunda azobda sherik bo`lguvchilardir. (33)
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَفْعَلُ بِالْمُجْرِمِينَ i
Albatta, Biz jinoyatchilarga shundoq qilurmiz. (34)
إِنَّهُمْ كَانُوا إِذَا قِيلَ لَهُمْ لَا إِلَٰهَ إِلَّا اللَّهُ يَسْتَكْبِرُونَ i
Chunki, ularga qachonki «Laa ilaaha Illallohu», deyilsa, mutakabbirlik qilar edilar. (35)
وَيَقُولُونَ أَئِنَّا لَتَارِكُو آلِهَتِنَا لِشَاعِرٍ مَجْنُونٍ i
«Axir, biz bir jinni shoirni deb o`z xudolarimizni tark qilguvchi bo`laylikmi?!» – der edilar. (36)
بَلْ جَاءَ بِالْحَقِّ وَصَدَّقَ الْمُرْسَلِينَ i
Yo`q! U haqni keltirdi va Payg`ambarlarni tasdiq qildi. (37)
إِنَّكُمْ لَذَائِقُو الْعَذَابِ الْأَلِيمِ i
Albatta, siz alamli azobni totguvchidirsiz. (38)
وَمَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ i
Qilib o`tgan narsangizdan boshqa narsaning jazosini olmassiz. (39)
إِلَّا عِبَادَ اللَّهِ الْمُخْلَصِينَ i
Magar Allohning ixlosli bandalariga.... (40)
أُولَٰئِكَ لَهُمْ رِزْقٌ مَعْلُومٌ i
Ana o`shalarga, o`zlariga ma'lum rizq bordir. (41)
فَوَاكِهُ ۖ وَهُمْ مُكْرَمُونَ i
Meva-chevalar bordir. Ular ikrom qilingan hollarida... (42)
فِي جَنَّاتِ النَّعِيمِ i
Na'iym jannatlarida... (43)
عَلَىٰ سُرُرٍ مُتَقَابِلِينَ i
So`rilar ustida bir-birlariga qaragan hollarida bo`lurlar. (44)
يُطَافُ عَلَيْهِمْ بِكَأْسٍ مِنْ مَعِينٍ i
Ularga oqar chashmadan qadahlar aylantirib turilur. (45)
بَيْضَاءَ لَذَّةٍ لِلشَّارِبِينَ i
U oppoq, ichguvchiga lazzatbaxshdir. (46)
لَا فِيهَا غَوْلٌ وَلَا هُمْ عَنْهَا يُنْزَفُونَ i
Unda hech bir zarar yo`qdir va undan sarxush ham bo`lmaslar. (47)
وَعِنْدَهُمْ قَاصِرَاتُ الطَّرْفِ عِينٌ i
Oldilarida ko`zlarini (begonalardan) tiyguvchi shahlo ko`zlilar bordir. (48)
كَأَنَّهُنَّ بَيْضٌ مَكْنُونٌ i
Ular xuddi asrab qo`yilgan tuxumga o`xsharlar. (49)
فَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَسَاءَلُونَ i
Bas, ular bir-birlaridan so`ray boshlarlar. (50)
قَالَ قَائِلٌ مِنْهُمْ إِنِّي كَانَ لِي قَرِينٌ i
Ichlaridan bir so`zlovchi: «Aniqki, mening bir do`stim bor edi. (51)
يَقُولُ أَإِنَّكَ لَمِنَ الْمُصَدِّقِينَ i
U: «Sen ham tasdiqlovchilardanmisan?! (52)
أَإِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَامًا أَإِنَّا لَمَدِينُونَ i
O`lib, tuproq va suyaklar bo`lib ketsak ham, albatta, jazolanadiganlardan bo`lurmizmi?!» – der edi. (53)
قَالَ هَلْ أَنْتُمْ مُطَّلِعُونَ i
Sizlar ham qarayapsizlarmi?» – dedi. (54)
فَاطَّلَعَ فَرَآهُ فِي سَوَاءِ الْجَحِيمِ i
Bas, o`zi qarab, uni do`zaxning o`rtasida ko`rdi. (55)
قَالَ تَاللَّهِ إِنْ كِدْتَ لَتُرْدِينِ i
U: «Allohga qasamki, meni ham halok qilishingga oz qolgan ekan. (56)
وَلَوْلَا نِعْمَةُ رَبِّي لَكُنْتُ مِنَ الْمُحْضَرِينَ i
Agar Robbimning ne'mati bo`lmaganida, men ham (do`zaxga) hozir qilinganlardan bo`lur edim», dedi. (57)
أَفَمَا نَحْنُ بِمَيِّتِينَ i
«Biz o`lguvchi emas ekanmizmi?! (58)
إِلَّا مَوْتَتَنَا الْأُولَىٰ وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ i
Faqat birinchi o`limimizdan boshqa?! Biz azoblanguvchi emas ekanmizmi?! (59)
إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ i
Albatta, bu ayni ulug` yutuqdir. (60)
لِمِثْلِ هَٰذَا فَلْيَعْمَلِ الْعَامِلُونَ i
Bas, amal qilguvchilar mana shunga o`xshash narsa uchun amal etsinlar». (61)
أَذَٰلِكَ خَيْرٌ نُزُلًا أَمْ شَجَرَةُ الزَّقُّومِ i
Manzil o`laroq ana o`sha yaxshimi yoki zaqqum daraxtimi? (62)
إِنَّا جَعَلْنَاهَا فِتْنَةً لِلظَّالِمِينَ i
Albatta, Biz uni zolimlar uchun fitna qildik. (63)
إِنَّهَا شَجَرَةٌ تَخْرُجُ فِي أَصْلِ الْجَحِيمِ i
Darhaqiqat, u bir daraxt bo`lib, do`zax qa'ridan chiqur. (64)
طَلْعُهَا كَأَنَّهُ رُءُوسُ الشَّيَاطِينِ i
Uning (meva) tugar joyi xuddi shaytonlarning boshlariga o`xshar. (65)
فَإِنَّهُمْ لَآكِلُونَ مِنْهَا فَمَالِئُونَ مِنْهَا الْبُطُونَ i
Bas, albatta, ular undan yeguvchilardir. Undan qorinlarni to`ldirguvchilardir. (66)
ثُمَّ إِنَّ لَهُمْ عَلَيْهَا لَشَوْبًا مِنْ حَمِيمٍ i
So`ngra, buning ustiga, ular uchun o`ta qaynoq suvdan aralashtirma ham bor. (67)
ثُمَّ إِنَّ مَرْجِعَهُمْ لَإِلَى الْجَحِيمِ i
So`ngra, albatta, ularning qaytar joyi jahannamga bo`lur. (68)
إِنَّهُمْ أَلْفَوْا آبَاءَهُمْ ضَالِّينَ i
Chunki, ular o`z otalarini adashgan holda topdilar. (69)
فَهُمْ عَلَىٰ آثَارِهِمْ يُهْرَعُونَ i
Endi esa, ular o`shalarning izidan chopmoqdalar. (70)
وَلَقَدْ ضَلَّ قَبْلَهُمْ أَكْثَرُ الْأَوَّلِينَ i
Batahqiq, ulardan oldin avvalgilarning ko`plari adashganlar. (71)
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا فِيهِمْ مُنْذِرِينَ i
Batahqiq, Biz ichlariga ogohlantirguvchilar yubordik. (72)
فَانْظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُنْذَرِينَ i
Bas, ogohlantirilganlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar sol. (73)
إِلَّا عِبَادَ اللَّهِ الْمُخْلَصِينَ i
Magar Allohning xalos qilgan bandalarigina (halokatga uchramadilar). (74)
وَلَقَدْ نَادَانَا نُوحٌ فَلَنِعْمَ الْمُجِيبُونَ i
Batahqiq, Bizga Nuh nido qildi. Bas, naqadar yaxshi ijobat qilguvchimiz. (75)
وَنَجَّيْنَاهُ وَأَهْلَهُ مِنَ الْكَرْبِ الْعَظِيمِ i
Biz unga va uning ahliga ulug` g`amdan najot berdik. (76)
وَجَعَلْنَا ذُرِّيَّتَهُ هُمُ الْبَاقِينَ i
Va uning zurriyotlarini, o`zlarini boqiy qolguvchilar qildik. (77)
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِي الْآخِرِينَ i
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik. (78)
سَلَامٌ عَلَىٰ نُوحٍ فِي الْعَالَمِينَ i
Barcha olamlarda Nuhga salom bo`lsin! (79)
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ i
Albatta, Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. (80)
إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُؤْمِنِينَ i
Albatta, u mo`min bandalarimizdandir. (81)
ثُمَّ أَغْرَقْنَا الْآخَرِينَ i
So`ngra, qolganlarni g`arq qildik. (82)
وَإِنَّ مِنْ شِيعَتِهِ لَإِبْرَاهِيمَ i
Albatta, Ibrohim ham uning guruhidandir. (83)
إِذْ جَاءَ رَبَّهُ بِقَلْبٍ سَلِيمٍ i
O`shanda u o`z Robbiga sog`lom qalb ila kelmishdi. (84)
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِ مَاذَا تَعْبُدُونَ i
O`shanda otasiga va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasiz?! (85)
أَئِفْكًا آلِهَةً دُونَ اللَّهِ تُرِيدُونَ i
Allohdan o`zga uydirma ilohlarni xohlaysizlarmi?! (86)
فَمَا ظَنُّكُمْ بِرَبِّ الْعَالَمِينَ i
Olamlarning Robbi haqida nima gumoningiz bor?!» – degan edi. (87)
فَنَظَرَ نَظْرَةً فِي النُّجُومِ i
Bas, U yulduzlarga bir nazar soldi. (88)
فَقَالَ إِنِّي سَقِيمٌ i
Va: «Albatta, men bemorman», dedi. (89)
فَتَوَلَّوْا عَنْهُ مُدْبِرِينَ i
Darhol, undan yuz o`girib yurib ketdilar. (90)
فَرَاغَ إِلَىٰ آلِهَتِهِمْ فَقَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ i
Bas, tezda ularning xudolariga burildi va: «Qani, yemaysizlarmi?! (91)
مَا لَكُمْ لَا تَنْطِقُونَ i
Sizga nima bo`ldi?! Gapirmaysizlar?!» – dedi. (92)
فَرَاغَ عَلَيْهِمْ ضَرْبًا بِالْيَمِينِ i
So`ng ularga yaqinlashib, o`ng qo`l bilan ura boshladi. (93)
فَأَقْبَلُوا إِلَيْهِ يَزِفُّونَ i
U tomon shoshib, bir-birlarini turtib kelishdi. (94)
قَالَ أَتَعْبُدُونَ مَا تَنْحِتُونَ i
U: «O`zingiz yo`nib yasagan narsaga ibodat qilasizlarmi?!» – dedi. (95)
وَاللَّهُ خَلَقَكُمْ وَمَا تَعْمَلُونَ i
Holbuki, sizni ham, qilgan narsalaringizni ham Alloh yaratgan-ku?! (96)
قَالُوا ابْنُوا لَهُ بُنْيَانًا فَأَلْقُوهُ فِي الْجَحِيمِ i
Ular: «Uning uchun (o`choq) bino qilinglar, bas, uni gulxanga otinglar!» dedilar. (97)
فَأَرَادُوا بِهِ كَيْدًا فَجَعَلْنَاهُمُ الْأَسْفَلِينَ i
Bas, ular unga makr-hiylani iroda qilishdi. Biz ularni tuban qildik. (98)
وَقَالَ إِنِّي ذَاهِبٌ إِلَىٰ رَبِّي سَيَهْدِينِ i
U: «Albatta, men Robbimga borguvchiman. U meni hidoyat qilur. (99)
رَبِّ هَبْ لِي مِنَ الصَّالِحِينَ i
Robbim, menga solihlardan ato et», dedi. (100)
فَبَشَّرْنَاهُ بِغُلَامٍ حَلِيمٍ i
Bas, Biz unga bir halim o`g`ilning xushxabarini berdik. (101)
فَلَمَّا بَلَغَ مَعَهُ السَّعْيَ قَالَ يَا بُنَيَّ إِنِّي أَرَىٰ فِي الْمَنَامِ أَنِّي أَذْبَحُكَ فَانْظُرْ مَاذَا تَرَىٰ ۚ قَالَ يَا أَبَتِ افْعَلْ مَا تُؤْمَرُ ۖ سَتَجِدُنِي إِنْ شَاءَ اللَّهُ مِنَ الصَّابِرِينَ i
Bas, qachonki (bola) uning o`zi bilan birga yuradigan bo`lganida: «Ey o`g`ilcham, men tushimda seni so`yayotganimni ko`rmoqdaman, boqib ko`r, nima dersan?» – dedi. U: «Ey otajon, senga amr etilganni bajar, inshoalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan», dedi. (102)
فَلَمَّا أَسْلَمَا وَتَلَّهُ لِلْجَبِينِ i
Ikkovlari taslim bo`lib, uni peshonasicha yotqizganida. (103)
وَنَادَيْنَاهُ أَنْ يَا إِبْرَاهِيمُ i
Biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim! (104)
قَدْ صَدَّقْتَ الرُّؤْيَا ۚ إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ i
Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding! Albatta, Biz go`zal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz». (105)
إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ الْبَلَاءُ الْمُبِينُ i
Albatta, bu ochiq-oydin sinovning ayni o`zidir. (106)
وَفَدَيْنَاهُ بِذِبْحٍ عَظِيمٍ i
Biz uning o`rniga katta qurbonlik fido qildik. (107)
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِي الْآخِرِينَ i
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik. (108)
سَلَامٌ عَلَىٰ إِبْرَاهِيمَ i
Ibrohimga salom bo`lsin! (109)
كَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ i
Biz go`zal amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz. (110)
إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُؤْمِنِينَ i
Chunki, u mo`min bandalarimizdandir. (111)
وَبَشَّرْنَاهُ بِإِسْحَاقَ نَبِيًّا مِنَ الصَّالِحِينَ i
Yana, Biz unga solihlardan bir Payg`ambar bo`lajak Is'hoqning xushxabarini berdik. (112)
وَبَارَكْنَا عَلَيْهِ وَعَلَىٰ إِسْحَاقَ ۚ وَمِنْ ذُرِّيَّتِهِمَا مُحْسِنٌ وَظَالِمٌ لِنَفْسِهِ مُبِينٌ i
Va unga ham, Is'hoqqa ham baraka berdik. Ikkovlarining zurriyotidan go`zal amal qilguvchi ham, o`ziga ochiq-oydin zulm qilguvchi ham bo`lur. (113)
وَلَقَدْ مَنَنَّا عَلَىٰ مُوسَىٰ وَهَارُونَ i
Batahqiq, Biz Muso va Horunga ne'mat berdik. (114)
وَنَجَّيْنَاهُمَا وَقَوْمَهُمَا مِنَ الْكَرْبِ الْعَظِيمِ i
Ikkovlariga va qavmlariga katta g`amdan najot berdik. (115)
وَنَصَرْنَاهُمْ فَكَانُوا هُمُ الْغَالِبِينَ i
Va ularga nusrat berdik, bas, ular g`olib bo`ldilar. (116)
وَآتَيْنَاهُمَا الْكِتَابَ الْمُسْتَبِينَ i
Va Biz ikkovlariga ravshanu komil bayonli kitobni berdik. (117)
وَهَدَيْنَاهُمَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَقِيمَ i
Va ikkovlarini sirotul mustaqiymga hidoyat qildik. (118)
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِمَا فِي الْآخِرِينَ i
Va keyingilar ichida ikkovlari uchun (olqishlar) qoldirdik. (119)
سَلَامٌ عَلَىٰ مُوسَىٰ وَهَارُونَ i
Muso va Horunga salom bo`lsin! (120)
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ i
Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. (121)
إِنَّهُمَا مِنْ عِبَادِنَا الْمُؤْمِنِينَ i
Chunki, ikkovlari mo`min bandalarimizdandirlar. (122)
وَإِنَّ إِلْيَاسَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ i
Albatta, Ilyos ham yuborilgan Payg`ambarlardandir. (123)
إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ أَلَا تَتَّقُونَ i
O`shanda u qavmiga: «Taqvo qilmaysizmi?! (124)
أَتَدْعُونَ بَعْلًا وَتَذَرُونَ أَحْسَنَ الْخَالِقِينَ i
Ba'lga ibodat qilib, yaratuvchilarning eng yaxshisini... (125)
اللَّهَ رَبَّكُمْ وَرَبَّ آبَائِكُمُ الْأَوَّلِينَ i
O`z Robbingizni va avvalgi ota-bobolaringizning Robbi Allohni tark etasizmi?!» – dedi. (126)
فَكَذَّبُوهُ فَإِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ i
Bas, uni yolg`onchi qildilar. Endi, albatta, ular (azobga) hozir qilinguvchilardir. (127)
إِلَّا عِبَادَ اللَّهِ الْمُخْلَصِينَ i
Magar Allohning muxlis bandalarigina (hozir qilinmaslar). (128)
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِي الْآخِرِينَ i
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik. (129)
سَلَامٌ عَلَىٰ إِلْ يَاسِينَ i
Ilyosiynga salom bo`lsin. (130)
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ i
Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. (131)
إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُؤْمِنِينَ i
Chunki, u mo`min bandalarimizdandir. (132)
وَإِنَّ لُوطًا لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ i
Albatta, Lut ham yuborilgan Payg`ambarlardandir. (133)
إِذْ نَجَّيْنَاهُ وَأَهْلَهُ أَجْمَعِينَ i
O`shanda Biz unga va uning ahliga, hammalariga najot berdik. (134)
إِلَّا عَجُوزًا فِي الْغَابِرِينَ i
Magar bir kampirgina (azobda) qolguvchilardan bo`ldi. (135)
ثُمَّ دَمَّرْنَا الْآخَرِينَ i
So`ngra qolganlarini halok etdik. (136)
وَإِنَّكُمْ لَتَمُرُّونَ عَلَيْهِمْ مُصْبِحِينَ i
Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?! (137)
وَبِاللَّيْلِ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ i
Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?! (138)
وَإِنَّ يُونُسَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ i
Albatta, Yunus ham yuborilgan Payg`ambarlardandir. (139)
إِذْ أَبَقَ إِلَى الْفُلْكِ الْمَشْحُونِ i
O`shanda u to`lgan kemaga qochdi. (140)
فَسَاهَمَ فَكَانَ مِنَ الْمُدْحَضِينَ i
Bas, qur'a tashlashdi va u mag`lublardan bo`ldi. (141)
فَالْتَقَمَهُ الْحُوتُ وَهُوَ مُلِيمٌ i
Bas, uni malomatga loyiq bo`lgan holida nahang baliq yutdi. (142)
فَلَوْلَا أَنَّهُ كَانَ مِنَ الْمُسَبِّحِينَ i
Agar u ko`p tasbih aytguvchilardan bo`lmaganida edi, (143)
لَلَبِثَ فِي بَطْنِهِ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ i
Uning qornida qayta tiriltiradigan kungacha qolib ketar edi. (144)
فَنَبَذْنَاهُ بِالْعَرَاءِ وَهُوَ سَقِيمٌ i
Bas, Biz uni bemor holida maydonga otdik. (145)
وَأَنْبَتْنَا عَلَيْهِ شَجَرَةً مِنْ يَقْطِينٍ i
Va uning ustiga qovoq daraxtini o`stirib qo`ydik. (146)
وَأَرْسَلْنَاهُ إِلَىٰ مِائَةِ أَلْفٍ أَوْ يَزِيدُونَ i
Va uni yuz ming yoki undan ko`proqqa Payg`ambar qilib yubordik. (147)
فَآمَنُوا فَمَتَّعْنَاهُمْ إِلَىٰ حِينٍ i
Bas, iymon keltirdilar. Keyin Biz ularni ma'lum muddat bahramand qildik. (148)
فَاسْتَفْتِهِمْ أَلِرَبِّكَ الْبَنَاتُ وَلَهُمُ الْبَنُونَ i
Bas, ulardan so`ra-chi, Robbingga qizlar-u, ularga o`g`illar ekanmi?! (149)
أَمْ خَلَقْنَا الْمَلَائِكَةَ إِنَاثًا وَهُمْ شَاهِدُونَ i
Yoki Biz farishtalarni qiz qilib yaratganmiz-u, ular guvoh bo`lib turganlarmi? (150)
أَلَا إِنَّهُمْ مِنْ إِفْكِهِمْ لَيَقُولُونَ i
Ogoh bo`lingkim! Ular o`z uydirmalarida derlar: (151)
وَلَدَ اللَّهُ وَإِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ i
«Alloh tug`di». Albatta, ular yolg`onchilardir. (152)
أَصْطَفَى الْبَنَاتِ عَلَى الْبَنِينَ i
U zot o`g`illarni qo`yib, qizlarni tanlab olibdimi? (153)
مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ i
Sizga nima bo`ldi?! Qanday hukm chiqarmoqdasiz? (154)
أَفَلَا تَذَكَّرُونَ i
Axir, eslamaysizlarmi?! (155)
أَمْ لَكُمْ سُلْطَانٌ مُبِينٌ i
Yoki sizda ochiq-oydin hujjat bormi?! (156)
فَأْتُوا بِكِتَابِكُمْ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ i
Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, kitobingizni keltiring! (157)
وَجَعَلُوا بَيْنَهُ وَبَيْنَ الْجِنَّةِ نَسَبًا ۚ وَلَقَدْ عَلِمَتِ الْجِنَّةُ إِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ i
Va ular U bilan jinlar orasida nasab (da'vosi) qildilar. Holbuki, jinlar o`zlarining albatta (azobga) hozir qilinguvchiliklarini bilganlar. (158)
سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ i
Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir. (159)
إِلَّا عِبَادَ اللَّهِ الْمُخْلَصِينَ i
Faqat Allohning ixlosli bandalarigina (mustasnodir). (160)
فَإِنَّكُمْ وَمَا تَعْبُدُونَ i
Albatta, siz ham, siz ibodat qilayotgan narsalar ham... (161)
مَا أَنْتُمْ عَلَيْهِ بِفَاتِنِينَ i
U zotga qarshi fitnaga solguvchi bo`la olmassiz. (162)
إِلَّا مَنْ هُوَ صَالِ الْجَحِيمِ i
Illo, kim jahannamga kirguvchi bo`lsa. (163)
وَمَا مِنَّا إِلَّا لَهُ مَقَامٌ مَعْلُومٌ i
Bizdan har birimizning ma'lum maqomimiz bordir. (164)
وَإِنَّا لَنَحْنُ الصَّافُّونَ i
Albatta, bizlar saf tortib turguvchilarmiz. (165)
وَإِنَّا لَنَحْنُ الْمُسَبِّحُونَ i
Va, albatta, bizlar tasbih aytguvchilarmiz. (166)
وَإِنْ كَانُوا لَيَقُولُونَ i
Holbuki, ular der edilar: (167)
لَوْ أَنَّ عِنْدَنَا ذِكْرًا مِنَ الْأَوَّلِينَ i
«Agar bizning huzurimizda ham avvalgilardan bir eslatma bo`lganida... (168)
لَكُنَّا عِبَادَ اللَّهِ الْمُخْلَصِينَ i
Albatta, Allohning ixlosli bandalaridan bo`lar edik». (169)
فَكَفَرُوا بِهِ ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ i
Bas, unga kufr keltirdilar. Endi yaqinda bilurlar. (170)
وَلَقَدْ سَبَقَتْ كَلِمَتُنَا لِعِبَادِنَا الْمُرْسَلِينَ i
Batahqiq, Payg`ambar etib yuborilgan bandalarimizga so`zimiz o`tgandir. (171)
إِنَّهُمْ لَهُمُ الْمَنْصُورُونَ i
Albatta, ular, ha, ulargina nusrat topishlari. (172)
وَإِنَّ جُنْدَنَا لَهُمُ الْغَالِبُونَ i
Va, albatta, Bizning lashkarimizgina g`olib bo`lishi haqida. (173)
فَتَوَلَّ عَنْهُمْ حَتَّىٰ حِينٍ i
Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz o`gir. (174)
وَأَبْصِرْهُمْ فَسَوْفَ يُبْصِرُونَ i
Va ularning (tomoshasini) ko`r! Bas, tezda o`zlari ham ko`rajaklar. (175)
أَفَبِعَذَابِنَا يَسْتَعْجِلُونَ i
Hali ular Bizning azobimizni shoshiltirmoqdamilar?! (176)
فَإِذَا نَزَلَ بِسَاحَتِهِمْ فَسَاءَ صَبَاحُ الْمُنْذَرِينَ i
Qachonki, u ularning hovlisiga tushganida, ogohlantirilganlarning tongi juda yomon bo`lur. (177)
وَتَوَلَّ عَنْهُمْ حَتَّىٰ حِينٍ i
Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz o`gir. (178)
وَأَبْصِرْ فَسَوْفَ يُبْصِرُونَ i
Va (ularning tomoshasini) ko`r! Bas, tezda o`zlari ham ko`rajaklar. (179)
سُبْحَانَ رَبِّكَ رَبِّ الْعِزَّةِ عَمَّا يَصِفُونَ i
Sening Robbing, izzat Robbi ular qilgan vasfdan pokdir. (180)
وَسَلَامٌ عَلَى الْمُرْسَلِينَ i
Va yuborilgan Payg`ambarlarga salom bo`lsin! (181)
وَالْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ i
Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo`lsin! (182)