Ular yuksak to`pliqqa quloq sola olmaslar va har tomondan (uchqun-la) otilurlar. Soffot 37:8 ⧉
Tafsir:
Samodagi farishtalar Parvardigor tarafidan kelgan vahiy, U Zotning shariati yoki qadari haqida gaplashib turganlarida ularni shaytonlar eshita olmaslar. Ular har tarafdan uchar yulduzlar ila qarshilikka uchraydilar, haydaladilar.