Sura Fotiha (Ochiluvchi) — سُورَةُ الفاتحة
yana 21 ta nom ⧉
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ i
Mehribon va rahmli Allohning nomi bilan boshlayman. (1)
الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ i
Hamd olamlarning Robbi — Allohgadir. (2)
الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ i
U Rohman va Rohiymdir. (3)
مَالِكِ يَوْمِ الدِّينِ i
Jazo-mukofot kunining Egasidir. (4)
إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ i
Faqat Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam so`raymiz. (5)
اهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَقِيمَ i
Bizni to`g`ri yo`lga hidoyat qilgin. (6)
صِرَاطَ الَّذِينَ أَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَلَا الضَّالِّينَ i
O`zing ne'mat berganlarning yo`liga. G`azabga qolganlarnikiga ham emas, adashganlarnikiga ham emas. (7)