Sura Rum (Rumliklar) — سُورَةُ الروم

Rum surasi — Qur’onning o‘ttizinchi surasi bo‘lib, unda rimliklarning g‘alabasi oldindan xabar qilinadi hamda yaratilishdagi Allohning alomatlari ta’kidlanadi.

Sura Rum (Rumliklar) — سُورَةُ الروم

فِي أَدْنَى الْأَرْضِ وَهُمْ مِنْ بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبُونَ ٣ i

30:3

Yaqin yerda. Va ular mag`lubiyatlaridan keyin tezda g`olib bo`lajaklar. (3)

فِي بِضْعِ سِنِينَ ۗ لِلَّهِ الْأَمْرُ مِنْ قَبْلُ وَمِنْ بَعْدُ ۚ وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ ٤ i

30:4

Sanoqli yillarda. Undan oldin ham, keyin ham barcha ish Allohdandir. O`sha kunda mo`minlar shodlanurlar. (4)

بِنَصْرِ اللَّهِ ۚ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ ۖ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ ٥ i

30:5

Allohning nusratidan. U xohlaganiga nusrat berur. Va U aziyzu rohiymdir. (5)

وَعْدَ اللَّهِ ۖ لَا يُخْلِفُ اللَّهُ وَعْدَهُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ ٦ i

30:6

(Bu) Allohning va'dasidir. Alloh O`z va'dasiga xilof qilmas. Lekin odamlarning ko`pi buni bilmaslar. (6)

يَعْلَمُونَ ظَاهِرًا مِنَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَهُمْ عَنِ الْآخِرَةِ هُمْ غَافِلُونَ ٧ i

30:7

Ular bu dunyo hayotining zohirini bilurlar. Holbuki, ular oxiratdan g`ofildirlar. (7)

أَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا فِي أَنْفُسِهِمْ ۗ مَا خَلَقَ اللَّهُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا إِلَّا بِالْحَقِّ وَأَجَلٍ مُسَمًّى ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا مِنَ النَّاسِ بِلِقَاءِ رَبِّهِمْ لَكَافِرُونَ ٨ i

30:8

Axir, ular, o`zlaricha, Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni faqat haq bilan va ma'lum muddatga yaratganini tafakkur qilib ko`rmaslarmi?! Haqiqatan, odamlardan ko`plari Robbilariga ro`baro` bo`lishni inkor qilguvchilardir. (8)

أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَأَثَارُوا الْأَرْضَ وَعَمَرُوهَا أَكْثَرَ مِمَّا عَمَرُوهَا وَجَاءَتْهُمْ رُسُلُهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ ۖ فَمَا كَانَ اللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ ٩ i

30:9

Yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaslarmi?! Ularning bulardan quvvatlari ko`proq edi va yerga ishlov berib, uni bular obod qilgandan ko`ra ko`proq obod qilgan edilar. Va ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin(oyat)lar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmas edi, lekin ular o`zlariga zulm qilardilar. (9)

ثُمَّ كَانَ عَاقِبَةَ الَّذِينَ أَسَاءُوا السُّوأَىٰ أَنْ كَذَّبُوا بِآيَاتِ اللَّهِ وَكَانُوا بِهَا يَسْتَهْزِئُونَ ١٠ i

30:10

So`ngra yomonlik qilganlarning oqibati Allohning oyatlarini yolg`onga chiqarganlari va ularni istehzo qilganlari uchun yomon bo`ldi. (10)

اللَّهُ يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ١١ i

30:11

Alloh maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, so`ngra Unga qaytarilursiz. (11)

وَيَوْمَ تَقُومُ السَّاعَةُ يُبْلِسُ الْمُجْرِمُونَ ١٢ i

30:12

Qiyomat qoim bo`lgan kunda jinoyatchilar noumid bo`lurlar. (12)

وَلَمْ يَكُنْ لَهُمْ مِنْ شُرَكَائِهِمْ شُفَعَاءُ وَكَانُوا بِشُرَكَائِهِمْ كَافِرِينَ ١٣ i

30:13

Ularga (Allohga keltirgan) sheriklaridan shafoatchilar bo`lmadi va ular sheriklariga kufr keltirguvchi bo`ldilar. (13)

وَيَوْمَ تَقُومُ السَّاعَةُ يَوْمَئِذٍ يَتَفَرَّقُونَ ١٤ i

30:14

Qiyomat qoim bo`lgan kuni, o`sha kuni (guruhlarga) bo`linurlar. (14)

فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَهُمْ فِي رَوْضَةٍ يُحْبَرُونَ ١٥ i

30:15

Bas, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ular jannatda shodlanurlar. (15)

وَأَمَّا الَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَلِقَاءِ الْآخِرَةِ فَأُولَٰئِكَ فِي الْعَذَابِ مُحْضَرُونَ ١٦ i

30:16

Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg`onga chiqarganlar, ana o`shalar azobga hozir qilinurlar. (16)

فَسُبْحَانَ اللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ ١٧ i

30:17

Bas, tunga kirishingizda ham, tongga kirishingizda ham Allohni poklab yod eting. (17)

وَلَهُ الْحَمْدُ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ ١٨ i

30:18

Osmonlaru yerdagi hamdu sano Unikidir. Oqshomda va peshinda ham (poklab yod eting). (18)

يُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَيِّ وَيُحْيِي الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ وَكَذَٰلِكَ تُخْرَجُونَ ١٩ i

30:19

U o`likdan tirikni chiqarur va tirikdan o`likni chiqarur va yerni o`limidan keyin tiriltirur. Shunga o`xshash, siz ham chiqarilursiz. (19)

وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَكُمْ مِنْ تُرَابٍ ثُمَّ إِذَا أَنْتُمْ بَشَرٌ تَنْتَشِرُونَ ٢٠ i

30:20

Sizni tuproqdan yaratgani va so`ngra sizlar basharga aylanib tarqalishingiz Uning oyat-belgilaridandir. (20)

وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَ لَكُمْ مِنْ أَنْفُسِكُمْ أَزْوَاجًا لِتَسْكُنُوا إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُمْ مَوَدَّةً وَرَحْمَةً ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ ٢١ i

30:21

Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o`zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qo`ygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. (21)

وَمِنْ آيَاتِهِ خَلْقُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَاخْتِلَافُ أَلْسِنَتِكُمْ وَأَلْوَانِكُمْ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِلْعَالِمِينَ ٢٢ i

30:22

Va Uning oyat-belgilaridan osmonlaru yerning yaratilishi va tillaringiz va ranglaringizning turlicha bo`lishidir. Albatta, bunda olimlar uchun oyat-belgilar bordir. (22)

وَمِنْ آيَاتِهِ مَنَامُكُمْ بِاللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَابْتِغَاؤُكُمْ مِنْ فَضْلِهِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَسْمَعُونَ ٢٣ i

30:23

Va Uning oyat-belgilaridan kechasi va kunduzi uxlashingiz hamda Uning fazlidan talab qilishingizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir. (23)

وَمِنْ آيَاتِهِ يُرِيكُمُ الْبَرْقَ خَوْفًا وَطَمَعًا وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَيُحْيِي بِهِ الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ ٢٤ i

30:24

Va Uning oyatlaridan sizga qo`rquv va umid uchun chaqmoqni ko`rsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o`lgandan keyin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir. (24)

وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ تَقُومَ السَّمَاءُ وَالْأَرْضُ بِأَمْرِهِ ۚ ثُمَّ إِذَا دَعَاكُمْ دَعْوَةً مِنَ الْأَرْضِ إِذَا أَنْتُمْ تَخْرُجُونَ ٢٥ i

30:25

Uning oyat-belgilaridan, osmonlaru yer Uning amri ila turishidir. So`ngra sizlarni bir bor chaqirsa, yerdan hammangiz birdan chiqarsizlar. (25)

وَلَهُ مَنْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ كُلٌّ لَهُ قَانِتُونَ ٢٦ i

30:26

Osmonlaru yerdagi kimsalar Unga xosdir. Barchalari Unga itoat qilguvchidirlar. (26)

وَهُوَ الَّذِي يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ وَهُوَ أَهْوَنُ عَلَيْهِ ۚ وَلَهُ الْمَثَلُ الْأَعْلَىٰ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ٢٧ i

30:27

U maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, bu Unga juda osondir. Osmonlaru yerdagi eng oliy vasf Unikidir. U aziyz va hakiym Zotdir. (27)

ضَرَبَ لَكُمْ مَثَلًا مِنْ أَنْفُسِكُمْ ۖ هَلْ لَكُمْ مِنْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ مِنْ شُرَكَاءَ فِي مَا رَزَقْنَاكُمْ فَأَنْتُمْ فِيهِ سَوَاءٌ تَخَافُونَهُمْ كَخِيفَتِكُمْ أَنْفُسَكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ ٢٨ i

30:28

U sizga o`zingizdan misol keltirdi. Sizlarning qo`lingizdagi(qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u, sizlar u(rizq)da teng bo`lib, ular(haqi)da ham o`z(haq)ingizda qo`rqqaningizdek qo`rqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz. (28)

بَلِ اتَّبَعَ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَهْوَاءَهُمْ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۖ فَمَنْ يَهْدِي مَنْ أَضَلَّ اللَّهُ ۖ وَمَا لَهُمْ مِنْ نَاصِرِينَ ٢٩ i

30:29

Yo`q!!! Zulm qilganlar ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar, xolos. Alloh zalolatga solgan kimsani kim hidoyatga sola olardi?! Va ularga nusrat berguvchilar bo`lmas. (29)

فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًا ۚ فِطْرَتَ اللَّهِ الَّتِي فَطَرَ النَّاسَ عَلَيْهَا ۚ لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ اللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ ٣٠ i

30:30

Bas, sen haqqa moyil bo`lib, dinga yuz tut. Bu fitrat Alloh odamlarni yaratgan asl tabiatdir. Allohning yaratganini o`zgartirib bo`lmas. Ushbu to`g`ri dindir. Lekin odamlarning ko`pi bilmaslar. (30)

مُنِيبِينَ إِلَيْهِ وَاتَّقُوهُ وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَلَا تَكُونُوا مِنَ الْمُشْرِكِينَ ٣١ i

30:31

(Har bir narsada) Unga qaytguvchi bo`laroq, Unga taqvo qiling, namozni to`kis ado eting va mushriklardan bo`lmang. (31)

مِنَ الَّذِينَ فَرَّقُوا دِينَهُمْ وَكَانُوا شِيَعًا ۖ كُلُّ حِزْبٍ بِمَا لَدَيْهِمْ فَرِحُونَ ٣٢ i

30:32

Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh bo`lib olib, har bir firqa o`z oldidagi narsadan shod bo`lganlardan (bo`lmang). (32)

وَإِذَا مَسَّ النَّاسَ ضُرٌّ دَعَوْا رَبَّهُمْ مُنِيبِينَ إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَا أَذَاقَهُمْ مِنْهُ رَحْمَةً إِذَا فَرِيقٌ مِنْهُمْ بِرَبِّهِمْ يُشْرِكُونَ ٣٣ i

30:33

Qachon odamlarga zarar yetsa, Robbilarining O`zigagina qaytib, duo qilurlar. So`ngra U ularga O`zidan rahmat tottirganda, ko`ribsanki, ulardan ba'zi guruhlari Robbilariga shirk keltirurlar. (33)

لِيَكْفُرُوا بِمَا آتَيْنَاهُمْ ۚ فَتَمَتَّعُوا فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ ٣٤ i

30:34

Biz ularga bergan narsaga kufr keltiraversinlar! Bas, huzurlanavering! Yaqinda bilasizlar! (34)

أَمْ أَنْزَلْنَا عَلَيْهِمْ سُلْطَانًا فَهُوَ يَتَكَلَّمُ بِمَا كَانُوا بِهِ يُشْرِكُونَ ٣٥ i

30:35

Yoki Biz ularga hujjat tushirganmiz-u, u(hujjat) Unga shirk keltirgan narsalari (joizligi) haqida so`zlarmi?! (35)

وَإِذَا أَذَقْنَا النَّاسَ رَحْمَةً فَرِحُوا بِهَا ۖ وَإِنْ تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ إِذَا هُمْ يَقْنَطُونَ ٣٦ i

30:36

Va qachon odamlarga rahmatni tottirsak, undan shod bo`lurlar. Agar ularga o`z qo`llari taqdim qilgan narsa tufayli yomonlik yetsa, darhol umidsizlikka tushurlar. (36)

أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّ اللَّهَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ ٣٧ i

30:37

Ular Alloh O`zi xohlagan kishisiga rizqni keng yoki tor qilishini bilmaslarmi? Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-belgilar bordir. (37)

فَآتِ ذَا الْقُرْبَىٰ حَقَّهُ وَالْمِسْكِينَ وَابْنَ السَّبِيلِ ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ لِلَّذِينَ يُرِيدُونَ وَجْهَ اللَّهِ ۖ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ ٣٨ i

30:38

Bas, qarindoshga, miskinga va yo`lda qolganga haqqini ber. Ana shu, Allohning yuzini iroda qilganlar uchun xayrlidir. Va ana o`shalar najot topguvchilardir. (38)

وَمَا آتَيْتُمْ مِنْ رِبًا لِيَرْبُوَ فِي أَمْوَالِ النَّاسِ فَلَا يَرْبُو عِنْدَ اللَّهِ ۖ وَمَا آتَيْتُمْ مِنْ زَكَاةٍ تُرِيدُونَ وَجْهَ اللَّهِ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُضْعِفُونَ ٣٩ i

30:39

Odamlar mollari ichida ziyoda bo`lsin deb ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda bo`lmas. Allohning yuzini ko`zlab bergan zakotingiz esa, bas, ana o`shalar bir necha barobar qilib olguvchilardir. (39)

اللَّهُ الَّذِي خَلَقَكُمْ ثُمَّ رَزَقَكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ۖ هَلْ مِنْ شُرَكَائِكُمْ مَنْ يَفْعَلُ مِنْ ذَٰلِكُمْ مِنْ شَيْءٍ ۚ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ ٤٠ i

30:40

Sizlarni xalq qilgan, so`ngra rizqlantirgan, keyin o`ldiradigan va yana tiriltiradigan zot Allohdir. Sizning (Allohga keltirgan) sheriklaringizdan kim ana shularingizdan birortasini qila oladir?! U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliy bo`ldi. (40)

ظَهَرَ الْفَسَادُ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِي النَّاسِ لِيُذِيقَهُمْ بَعْضَ الَّذِي عَمِلُوا لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ ٤١ i

30:41

Qilgan amallarining ba'zisini tottirish uchun, odamlar qo`llari kasb qilgan narsalar tufayli quruqlikdayu dengizda fasod zohir bo`ldi. Shoyadki, ular qaytsalar. (41)

قُلْ سِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَانْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلُ ۚ كَانَ أَكْثَرُهُمْ مُشْرِكِينَ ٤٢ i

30:42

Sen: «Er yuzida sayr qilinglar. Oldin o`tganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solinglar. Ularning ko`plari mushrik bo`lgan edilar», deb ayt. (42)

فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ الْقَيِّمِ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَ يَوْمٌ لَا مَرَدَّ لَهُ مِنَ اللَّهِ ۖ يَوْمَئِذٍ يَصَّدَّعُونَ ٤٣ i

30:43

Bas, Alloh tomonidan rad qilinmaydigan kun kelmasdan avval to`g`ri dinga yuz tut. O`sha kunda (odamlar) bo`lak-bo`lak bo`lurlar. (43)

مَنْ كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُ ۖ وَمَنْ عَمِلَ صَالِحًا فَلِأَنْفُسِهِمْ يَمْهَدُونَ ٤٤ i

30:44

Kim kufr keltirsa, uning kufri o`ziga zarar. Kimlar yaxshi amallar qilgan bo`lsa, o`zlari uchun (zamin) tayyorlar. (44)

لِيَجْزِيَ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ مِنْ فَضْلِهِ ۚ إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْكَافِرِينَ ٤٥ i

30:45

U zot iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni O`z fazli ila mukofotlashi uchundir. Albatta, U kofirlarni sevmas. (45)

وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ يُرْسِلَ الرِّيَاحَ مُبَشِّرَاتٍ وَلِيُذِيقَكُمْ مِنْ رَحْمَتِهِ وَلِتَجْرِيَ الْفُلْكُ بِأَمْرِهِ وَلِتَبْتَغُوا مِنْ فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ ٤٦ i

30:46

Va Uning oyat-belgilaridan sizga O`z rahmatidan tottirish uchun, O`z amri ila kemalarni yurdirish uchun va Uning fazlidan (rizq) talab qilishingiz uchun shamollarni xushxabarchi qilib yuborishidir. Shoyadki, shukr qilsangiz. (46)

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مِنْ قَبْلِكَ رُسُلًا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ فَجَاءُوهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ فَانْتَقَمْنَا مِنَ الَّذِينَ أَجْرَمُوا ۖ وَكَانَ حَقًّا عَلَيْنَا نَصْرُ الْمُؤْمِنِينَ ٤٧ i

30:47

Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular (qavmlariga) ochiq-oydin hujjatlar keltirganlar. So`ng Biz jinoyat qilganlardan intiqom olganmiz. Mo`minlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haq bo`lgan. (47)

اللَّهُ الَّذِي يُرْسِلُ الرِّيَاحَ فَتُثِيرُ سَحَابًا فَيَبْسُطُهُ فِي السَّمَاءِ كَيْفَ يَشَاءُ وَيَجْعَلُهُ كِسَفًا فَتَرَى الْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَالِهِ ۖ فَإِذَا أَصَابَ بِهِ مَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ ٤٨ i

30:48

Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular ila bulutni qo`zg`atar va u(bulut)ni osmonda O`zi xohlaganicha yoyar va bo`lak-bo`lak qilar, bas, uning orasidan yomg`ir chiqayotganini ko`rasan. Qachon u(yomg`ir)ni O`z bandalaridan xohlagan kimsalarga yetkazsa, ular darhol shod bo`lurlar. (48)

وَإِنْ كَانُوا مِنْ قَبْلِ أَنْ يُنَزَّلَ عَلَيْهِمْ مِنْ قَبْلِهِ لَمُبْلِسِينَ ٤٩ i

30:49

Holbuki, ustlariga (yomg`ir) tushirilishidan oldin, ha, undan oldin, mutlaqo umidsiz edilar. (49)

فَانْظُرْ إِلَىٰ آثَارِ رَحْمَتِ اللَّهِ كَيْفَ يُحْيِي الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ لَمُحْيِي الْمَوْتَىٰ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ ٥٠ i

30:50

Bas, Robbing rahmati asarlariga nazar sol. U yerni o`lib yotganidan keyin qanday tiriltirur?! Albatta, ana shu Zot o`liklarni ham tiriltirguvchidir va U har bir narsaga qodirdir. (50)

وَلَئِنْ أَرْسَلْنَا رِيحًا فَرَأَوْهُ مُصْفَرًّا لَظَلُّوا مِنْ بَعْدِهِ يَكْفُرُونَ ٥١ i

30:51

Agar Biz bir shamol yuborib, ular (ekinlarini) sarg`aygan holda ko`rsalar, undan keyin, albatta, kufroni ne'mat qilishga o`tarlar. (51)

فَإِنَّكَ لَا تُسْمِعُ الْمَوْتَىٰ وَلَا تُسْمِعُ الصُّمَّ الدُّعَاءَ إِذَا وَلَّوْا مُدْبِرِينَ ٥٢ i

30:52

Albatta, sen o`likka eshittira olmassan va da'vatni ortlariga burilib ketayotgan karlarga eshittira olmassan. (52)

وَمَا أَنْتَ بِهَادِ الْعُمْيِ عَنْ ضَلَالَتِهِمْ ۖ إِنْ تُسْمِعُ إِلَّا مَنْ يُؤْمِنُ بِآيَاتِنَا فَهُمْ مُسْلِمُونَ ٥٣ i

30:53

Sen ko`rlarni gumrohliklaridan hidoyat qilguvchi emassan. Sen faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltirganlargagina eshittira olursan. Ana o`shalar musulmonlardir. (53)

اللَّهُ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ ضَعْفٍ ثُمَّ جَعَلَ مِنْ بَعْدِ ضَعْفٍ قُوَّةً ثُمَّ جَعَلَ مِنْ بَعْدِ قُوَّةٍ ضَعْفًا وَشَيْبَةً ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ ۖ وَهُوَ الْعَلِيمُ الْقَدِيرُ ٥٤ i

30:54

Alloh sizni zaiflikda yaratgan, so`ngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, so`ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan Zotdir. U xohlaganini yaratadir. U o`ta ilmli va o`ta qudratlidir. (54)

وَيَوْمَ تَقُومُ السَّاعَةُ يُقْسِمُ الْمُجْرِمُونَ مَا لَبِثُوا غَيْرَ سَاعَةٍ ۚ كَذَٰلِكَ كَانُوا يُؤْفَكُونَ ٥٥ i

30:55

Qiyomat qoim bo`ladigan kuni jinoyatchilar bir soatdan boshqa turmaganlari haqida qasam ichurlar. Ular ana shunday o`girilar edilar. (55)

وَقَالَ الَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ وَالْإِيمَانَ لَقَدْ لَبِثْتُمْ فِي كِتَابِ اللَّهِ إِلَىٰ يَوْمِ الْبَعْثِ ۖ فَهَٰذَا يَوْمُ الْبَعْثِ وَلَٰكِنَّكُمْ كُنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ ٥٦ i

30:56

Ilm va iymon berilganlar: «Batahqiq, Allohning kitobi bo`yicha, qayta tirilish kunigacha turdingiz. Bas, bugun qayta tirilish kunidir. Lekin sizlar bilmas edingiz», derlar. (56)

فَيَوْمَئِذٍ لَا يَنْفَعُ الَّذِينَ ظَلَمُوا مَعْذِرَتُهُمْ وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ ٥٧ i

30:57

Bas, bugungi kunda zulm qilganlarga ma'ziratlari manfaat bermas hamda ular itobga ham qaytarilmaslar. (57)

وَلَقَدْ ضَرَبْنَا لِلنَّاسِ فِي هَٰذَا الْقُرْآنِ مِنْ كُلِّ مَثَلٍ ۚ وَلَئِنْ جِئْتَهُمْ بِآيَةٍ لَيَقُولَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا إِنْ أَنْتُمْ إِلَّا مُبْطِلُونَ ٥٨ i

30:58

Batahqiq, Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli misollar keltirdik. Aniqki, agar sen ularga mo`'jiza keltirsang ham, kufr keltirganlar: «Siz botilchilardan o`zga emassiz», derlar. (58)

كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ اللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِ الَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ ٥٩ i

30:59

Alloh bilmaydiganlarning qalblarini ana shunday qilib muhrlar. (59)

فَاصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ ۖ وَلَا يَسْتَخِفَّنَّكَ الَّذِينَ لَا يُوقِنُونَ ٦٠ i

30:60

Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Sobit iymon keltirmaganlar seni yengiltaklikka boshlamasinlar. (60)