U maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, bu Unga juda osondir. Osmonlaru yerdagi eng oliy vasf Unikidir. U aziyz va hakiym Zotdir. Ar-Rum 30:27 ⧉
Tafsir:
Alloh shunday Zotki, Oʻzi yoʻqdan bor qiladi, yoʻq qilganidan keyin yana qayta yaratadigan ham Oʻzi. Qayta yaratish yoʻqdan bor qilishdan osonroq. Har ikki ish U Zot uchun juda yengil. Zero, U Zot qaysi bir ishni istasa, "Boʻl", deydi, tamom, u boʻlaveradi. Ulugʻlik va komillik sifatlarining eng oliysi Unikidir. U Azizdirki, hech kim, hech narsa Undan gʻolib boʻla olmas. U har bir yaratishini, tadbirini bir hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.