Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ar-Rum — Oyat 28 (Oʻzbekcha) — Video

Ar-Rum • Oyat 60 dan 28 • Oʻzbekcha


ضَرَبَ لَكُمْ مَثَلًا مِنْ أَنْفُسِكُمْ ۖ هَلْ لَكُمْ مِنْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ مِنْ شُرَكَاءَ فِي مَا رَزَقْنَاكُمْ فَأَنْتُمْ فِيهِ سَوَاءٌ تَخَافُونَهُمْ كَخِيفَتِكُمْ أَنْفُسَكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ 28
Tarjima:
U sizga o`zingizdan misol keltirdi. Sizlarning qo`lingizdagi(qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u, sizlar u(rizq)da teng bo`lib, ular(haqi)da ham o`z(haq)ingizda qo`rqqaningizdek qo`rqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz. Ar-Rum 30:28
Tafsir:
Ey mushriklar, Alloh oʻzlaringizdan olib, bir misol zarb etdi. Qoʻl ostingizdagi qullaringizdan sizning mol-mulkingizga teppa-teng sheriklik qiladiganlari bormi va sizlar mol-mulkni taqsimlashda ulardan xuddi hur sherikdan qoʻrqqandek qoʻrqasizlarmi? Qullaringiz mana shunday boʻlsalar, rozi boʻlib ketaverasizlarmi? Rozi boʻlmasligingiz aniq. Sheriksiz boʻlishga Alloh haqliroq. U Zot Oʻz mulkida yagonadir. Biz bunday hujjat, dalillarni aqlini ishlatadigan qavm uchun bayon qilamiz. Chunki oʻshalargina undan foydalana oladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ar-Rum • Oyat 27 Keyingi Ar-Rum • Oyat 29