Sura G‘oshiya (Qoplovchi) — سُورَةُ الغاشية
هَلْ أَتَاكَ حَدِيثُ الْغَاشِيَةِ i
88:1Batahqiq, senga g`oshiya xabari keldi. (1)
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ خَاشِعَةٌ i
88:2O`shal kunda bir chehralar qo`rqinch bilan to`ladir. (2)
عَامِلَةٌ نَاصِبَةٌ i
88:3Ular ish bajaruvchidir va nihoyatda charchagandir. (3)
تَصْلَىٰ نَارًا حَامِيَةً i
88:4O`ta qizib turgan olovga kiradir. (4)
تُسْقَىٰ مِنْ عَيْنٍ آنِيَةٍ i
88:5Ular qaynab turgan buloqdan sug`oriladir. (5)
لَيْسَ لَهُمْ طَعَامٌ إِلَّا مِنْ ضَرِيعٍ i
88:6Ularga tikandan boshqa taom yo`qdir. (6)
لَا يُسْمِنُ وَلَا يُغْنِي مِنْ جُوعٍ i
88:7U na semirtirmas va na ochlikni ketkazmasdir. (7)
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاعِمَةٌ i
88:8O`shal kunda bir chehralar ne'mat xursandligi bilan to`ladir. (8)
لِسَعْيِهَا رَاضِيَةٌ i
88:9Ular o`z ishlaridan rozidir. (9)
فِي جَنَّةٍ عَالِيَةٍ i
88:10Ular oliy darajali jannatdadir. (10)
لَا تَسْمَعُ فِيهَا لَاغِيَةً i
88:11Unda bekorchi gaplarni eshitmaslar. (11)
فِيهَا عَيْنٌ جَارِيَةٌ i
88:12Unda oqib turgan buloqlar bordir. (12)
فِيهَا سُرُرٌ مَرْفُوعَةٌ i
88:13Unda baland-baland so`rilar bordir. (13)
وَأَكْوَابٌ مَوْضُوعَةٌ i
88:14Va tayyorlab qo`yilgan qadahlar bordir. (14)
وَنَمَارِقُ مَصْفُوفَةٌ i
88:15Va saf-saf qilib tizilgan yostiqlar bordir. (15)
وَزَرَابِيُّ مَبْثُوثَةٌ i
88:16Hamma yoqqa to`shalgan gilamlar bordir. (16)
أَفَلَا يَنْظُرُونَ إِلَى الْإِبِلِ كَيْفَ خُلِقَتْ i
88:17Ular nazar solmasmi: Tuyaning qanday yaratilganiga? (17)
وَإِلَى السَّمَاءِ كَيْفَ رُفِعَتْ i
88:18Va osmonning qandoq ko`tarilganiga? (18)
وَإِلَى الْجِبَالِ كَيْفَ نُصِبَتْ i
88:19Va tog`larning qandoq o`rnashtirilganiga? (19)
وَإِلَى الْأَرْضِ كَيْفَ سُطِحَتْ i
88:20Va yerning qandoq tekislab qo`yilganiga? (20)
فَذَكِّرْ إِنَّمَا أَنْتَ مُذَكِّرٌ i
88:21Bas, eslatgin, sen, albatta, eslatuvchidirsan. (21)
لَسْتَ عَلَيْهِمْ بِمُصَيْطِرٍ i
88:22Sen ularning ustidan hukmingni o`tkazuvchi emassan. (22)
إِلَّا مَنْ تَوَلَّىٰ وَكَفَرَ i
88:23Illo, kim yuz o`girsa va kofir bo`lsa... (23)
فَيُعَذِّبُهُ اللَّهُ الْعَذَابَ الْأَكْبَرَ i
88:24Bas, uni Alloh katta azob bilan azoblaydir. (24)
إِنَّ إِلَيْنَا إِيَابَهُمْ i
88:25Albatta, ularning qaytishi Bizgadir. (25)
ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا حِسَابَهُمْ i
88:26So`ngra, albatta, ularning hisob-kitobi ham Bizda bo`ladir. (26)