Sura Juma (Juma) — سُورَةُ الجمعة
يُسَبِّحُ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ الْمَلِكِ الْقُدُّوسِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ i
Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Malik, Quddus, Aziyz va Hakiym bo`lgan Allohga tasbih aytadir. (1)
هُوَ الَّذِي بَعَثَ فِي الْأُمِّيِّينَ رَسُولًا مِنْهُمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِهِ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَإِنْ كَانُوا مِنْ قَبْلُ لَفِي ضَلَالٍ مُبِينٍ i
U zot savodsizlar ichidan, garchi ular bundan avval ochiq zalolatda bo`lsalar ham, ularga oyatlarini o`qib beradigan va ularni poklaydigan hamda kitobni va hikmatni o`rgatadigan Payg`ambarni yubordi. (2)
وَآخَرِينَ مِنْهُمْ لَمَّا يَلْحَقُوا بِهِمْ ۚ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ i
Va hozircha ularga qo`shilmagan boshqalarga ham. Va U zot g`olib va hikmat egasidir. (3)
ذَٰلِكَ فَضْلُ اللَّهِ يُؤْتِيهِ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ i
Bu narsa Allohning fazlidir (va uni) xohlagan kishisiga beradir. Alloh ulug` fazl egasidir. (4)
مَثَلُ الَّذِينَ حُمِّلُوا التَّوْرَاةَ ثُمَّ لَمْ يَحْمِلُوهَا كَمَثَلِ الْحِمَارِ يَحْمِلُ أَسْفَارًا ۚ بِئْسَ مَثَلُ الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِ اللَّهِ ۚ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ i
Ustlariga Tavrot yuklatilgan, so`ngra uni ko`tarmaganlar misoli ustiga kitob yuklangan eshakka o`xsharlar. Allohning oyatlarini yolg`onga chiqargan qavmning misoli qandoq ham yomon. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. (5)
قُلْ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ هَادُوا إِنْ زَعَمْتُمْ أَنَّكُمْ أَوْلِيَاءُ لِلَّهِ مِنْ دُونِ النَّاسِ فَتَمَنَّوُا الْمَوْتَ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ i
Sen: «Ey, yahudiy bo`lganlar, albatta, siz, boshqalardan farqli o`laroq, Allohning avliyolarimiz deb da'vo qiladigan bo`lsangiz, bas, o`limni orzu qiling, agar rostgo`y bo`lsangiz», deb ayt. (6)
وَلَا يَتَمَنَّوْنَهُ أَبَدًا بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ۚ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِالظَّالِمِينَ i
Ular qo`llari qilgan(gunoh)lari tufayli hech qachon u(o`lim)ni orzu qilmaslar. Alloh zolimlarni biluvchidir. (7)
قُلْ إِنَّ الْمَوْتَ الَّذِي تَفِرُّونَ مِنْهُ فَإِنَّهُ مُلَاقِيكُمْ ۖ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَىٰ عَالِمِ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ فَيُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ i
Sen: «Albatta, siz undan qochayotgan o`lim, ta'kid shulki, sizga baribir yo`liquvchidir. So`ngra maxfiy va oshkor narsalarni Biluvchining huzuriga qaytarilursizlar. Bas, U sizga nima qilib yurganingizning xabarini beradir», deb ayt. (8)
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نُودِيَ لِلصَّلَاةِ مِنْ يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَىٰ ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ i
Ey, iymon keltirganlar! Juma kunida, namozga nido qilingan paytda, Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo`ying. Agar bilsangiz, bu o`zingiz uchun yaxshidir. (9)
فَإِذَا قُضِيَتِ الصَّلَاةُ فَانْتَشِرُوا فِي الْأَرْضِ وَابْتَغُوا مِنْ فَضْلِ اللَّهِ وَاذْكُرُوا اللَّهَ كَثِيرًا لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ i
Bas, namoz tugagandan so`ng yer yuzi bo`ylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling va Allohni ko`p eslang, shoyadki, yutuqqa erishsangiz. (10)
وَإِذَا رَأَوْا تِجَارَةً أَوْ لَهْوًا انْفَضُّوا إِلَيْهَا وَتَرَكُوكَ قَائِمًا ۚ قُلْ مَا عِنْدَ اللَّهِ خَيْرٌ مِنَ اللَّهْوِ وَمِنَ التِّجَارَةِ ۚ وَاللَّهُ خَيْرُ الرَّازِقِينَ i
Va ular tijorat yoki o`yin-kulgu ko`rganlarida, unga tomon yopirildilar va seni tik holda tark etdilar. Sen: «Allohning huzuridagi narsa o`yin-kulgudan va tijoratdan yaxshidir. Va Alloh eng yaxshi rizq beruvchidir», deb ayt. (11)