Sen: «Ey, yahudiy bo`lganlar, albatta, siz, boshqalardan farqli o`laroq, Allohning avliyolarimiz deb da'vo qiladigan bo`lsangiz, bas, o`limni orzu qiling, agar rostgo`y bo`lsangiz», deb ayt. Al-Jumu'ah 62:6 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Ey dini buzilib ketganidan keyin ham yahudiyligida qolganlar, boshqa odamlar emas, faqat bizgina Allohning doʻstlarimiz, degan davolaringiz rost boʻlsa, oʻlimni orzu qilinglar-chi. Ana shunda oʻzingizga atalgan ulugʻlikka tezroq erishasizlar-ku. Shunday emasmi?"