Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Juma — Oyat 7 (Oʻzbekcha) — Video

Juma • Oyat 11 dan 7 • Oʻzbekcha


وَلَا يَتَمَنَّوْنَهُ أَبَدًا بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ۚ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِالظَّالِمِينَ 7
Tarjima:
Ular qo`llari qilgan(gunoh)lari tufayli hech qachon u(o`lim)ni orzu qilmaslar. Alloh zolimlarni biluvchidir. Juma 62:7
Tafsir:
Hech qachon oʻlimni orzu qilmaydilar. Aksincha, dunyoda abadiy qolishni istaydilar. Chunki ular oʻzlarining kufru masiyatga, zulmu zoʻravonlikka botib, Tavrotni oʻzgartirib yuborganlarini yaxshi biladilar. Alloh zolimlarni koʻrib-bilib turadi. Ularning biron ishi Allohdan yashirin qolmaydi. Yaqinda ularni qilgan ishlariga yarasha jazolaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Juma • Oyat 6 Keyingi Juma • Oyat 8