Sen: «Albatta, siz undan qochayotgan o`lim, ta'kid shulki, sizga baribir yo`liquvchidir. So`ngra maxfiy va oshkor narsalarni Biluvchining huzuriga qaytarilursizlar. Bas, U sizga nima qilib yurganingizning xabarini beradir», deb ayt. Juma 62:8 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi yahudiylarga ayting: "Sizlar oʻzingiz qochayotgan oʻlimga ertami, kechmi, baribir yoʻliqasizlar. Keyin Qiyomat kuni yashirin ishlarni ham, oshkora ishlarni ham Bilguvchi Allohning huzuriga qaytarilasizlar. U Zotdan biron narsa yashirin qolmas. Ana oʻshanda sizlarga shu dunyoda qilib oʻtgan ishlaringiz haqida xabar beradi va qilmishingizga yarasha jazolaydi".