Sura Voqea (Voqea) — سُورَةُ الواقعة
إِذَا وَقَعَتِ الْوَاقِعَةُ i
56:1Voqi'a voqe' bo`lganda. (1)
لَيْسَ لِوَقْعَتِهَا كَاذِبَةٌ i
56:2Uning voqe' bo`lishini yolg`onga chiqaruvchi (jon) yo`qdir. (2)
خَافِضَةٌ رَافِعَةٌ i
56:3U, ham pastlatuvchi, ham ko`taruvchidir. (3)
إِذَا رُجَّتِ الْأَرْضُ رَجًّا i
56:4Qachonki, yer qattiq larzaga keltirilganda. (4)
وَبُسَّتِ الْجِبَالُ بَسًّا i
56:5Va tog`lar maydalanib titilganda. (5)
فَكَانَتْ هَبَاءً مُنْبَثًّا i
56:6Bas, tarqalgan chang-to`zonga aylanganda. (6)
وَكُنْتُمْ أَزْوَاجًا ثَلَاثَةً i
56:7Va siz uch toifa bo`lganingizda. (7)
فَأَصْحَابُ الْمَيْمَنَةِ مَا أَصْحَابُ الْمَيْمَنَةِ i
56:8O`ng taraf egalari. O`ng taraf egalari ne(saodatlilar)dir?! (8)
وَأَصْحَابُ الْمَشْأَمَةِ مَا أَصْحَابُ الْمَشْأَمَةِ i
56:9Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?! (9)
وَالسَّابِقُونَ السَّابِقُونَ i
56:10Va peshqadamlar, peshqadamlar. (10)
أُولَٰئِكَ الْمُقَرَّبُونَ i
56:11Ular (Allohga) yaqin bo`lganlar. (11)
فِي جَنَّاتِ النَّعِيمِ i
56:12Serne'mat jannatlardadirlar. (12)
ثُلَّةٌ مِنَ الْأَوَّلِينَ i
56:13Avvalgilardan ko`pchilik. (13)
وَقَلِيلٌ مِنَ الْآخِرِينَ i
56:14Va oxirgilardan ozchilik. (14)
عَلَىٰ سُرُرٍ مَوْضُونَةٍ i
56:15To`qima so`rilardadirlar. (15)
مُتَّكِئِينَ عَلَيْهَا مُتَقَابِلِينَ i
56:16Bir-birlariga ro`baro` bo`lib yonboshlagan holdadirlar. (16)
يَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ i
56:17Atroflarida mangu yosh yigitlar aylanib yururlar. (17)
بِأَكْوَابٍ وَأَبَارِيقَ وَكَأْسٍ مِنْ مَعِينٍ i
56:18Oqar chashma mayi to`latilgan qadahlar, ko`zalar va kosalar bilan. (18)
لَا يُصَدَّعُونَ عَنْهَا وَلَا يُنْزِفُونَ i
56:19Undan bosh og`rig`i ham, mast ham bo`lmaslar. (19)
وَفَاكِهَةٍ مِمَّا يَتَخَيَّرُونَ i
56:20Va xohlagan mevalarini olib. (20)
وَلَحْمِ طَيْرٍ مِمَّا يَشْتَهُونَ i
56:21Ishtahalari tusagan qush go`shtini olib (aylanib yurarlar). (21)
وَحُورٌ عِينٌ i
56:22Yana, ko`zi go`zal hurlar bor. (22)
كَأَمْثَالِ اللُّؤْلُؤِ الْمَكْنُونِ i
56:23Misoli yashirilgan dur kabi. (23)
جَزَاءً بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ i
56:24Bular — qilib yurgan amallarning mukofotidur. (24)
لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا تَأْثِيمًا i
56:25Ular u(Jannat)da behuda, gunoh(so`z)larni eshitmaslar. (25)
إِلَّا قِيلًا سَلَامًا سَلَامًا i
56:26Magar «Salom, salom» deyilganini (eshitarlar). (26)
وَأَصْحَابُ الْيَمِينِ مَا أَصْحَابُ الْيَمِينِ i
56:27O`ng taraf egalari. O`ng taraf egalari nedir?! (27)
فِي سِدْرٍ مَخْضُودٍ i
56:28Ular tikonsiz sidrzorlardadirlar. (28)
وَطَلْحٍ مَنْضُودٍ i
56:29Sermeva bananzorlardadirlar. (29)
وَظِلٍّ مَمْدُودٍ i
56:30Va yoyilgan soyalardadirlar. (30)
وَمَاءٍ مَسْكُوبٍ i
56:31Oqar suvlardadirlar. (31)
وَفَاكِهَةٍ كَثِيرَةٍ i
56:32Serob mevalardadirlar. (32)
لَا مَقْطُوعَةٍ وَلَا مَمْنُوعَةٍ i
56:33Tugamaydigan va man qilinmaydigan. (33)
وَفُرُشٍ مَرْفُوعَةٍ i
56:34Ko`tarilgan ko`rpachalardadirlar. (34)
إِنَّا أَنْشَأْنَاهُنَّ إِنْشَاءً i
56:35Albatta, Biz u(hur)larni daf'atan, xos qilib, yaratdik. (35)
فَجَعَلْنَاهُنَّ أَبْكَارًا i
56:36Bas, ularni bokira qizlar qilib qo`ydik. (36)
عُرُبًا أَتْرَابًا i
56:37Bir xildagi tengdosh mahbubalar. (37)
لِأَصْحَابِ الْيَمِينِ i
56:38O`ng taraf egalari uchun. (38)
ثُلَّةٌ مِنَ الْأَوَّلِينَ i
56:39Ular avvalgilardan ko`pgina jamoatlardir. (39)
وَثُلَّةٌ مِنَ الْآخِرِينَ i
56:40Keyingilardan ham ko`pgina jamoatlardir. (40)
وَأَصْحَابُ الشِّمَالِ مَا أَصْحَابُ الشِّمَالِ i
56:41Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?! (41)
فِي سَمُومٍ وَحَمِيمٍ i
56:42Ular o`t shamol va qaynoq suvdadirlar. (42)
وَظِلٍّ مِنْ يَحْمُومٍ i
56:43Qop-qora tutun soyasidadirlar. (43)
لَا بَارِدٍ وَلَا كَرِيمٍ i
56:44Na salqin emas va na foydali. (44)
إِنَّهُمْ كَانُوا قَبْلَ ذَٰلِكَ مُتْرَفِينَ i
56:45Albatta, ular bundan oldin hoyi-havasga berilganlardan edilar. (45)
وَكَانُوا يُصِرُّونَ عَلَى الْحِنْثِ الْعَظِيمِ i
56:46Va katta gunoh ishlarni mudom qilib kelgan edilar. (46)
وَكَانُوا يَقُولُونَ أَئِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَامًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ i
56:47Va: «Biz o`lib, tuproq va suyak bo`lsak ham, qayta tiriltirilamizmi? (47)
أَوَآبَاؤُنَا الْأَوَّلُونَ i
56:48Avval o`tgan otalarimiz ham-a?!» – der edilar. (48)
قُلْ إِنَّ الْأَوَّلِينَ وَالْآخِرِينَ i
56:49Aytgil: «Albatta, avvalgilar va oxirgilar. (49)
لَمَجْمُوعُونَ إِلَىٰ مِيقَاتِ يَوْمٍ مَعْلُومٍ i
56:50Ma'lum kuni, belgilangan vaqtda, albatta, to`planuvchidirlar». (50)
ثُمَّ إِنَّكُمْ أَيُّهَا الضَّالُّونَ الْمُكَذِّبُونَ i
56:51So`ngra, siz, ey adashganlar, yolg`onga chiqaruvchilar. (51)
لَآكِلُونَ مِنْ شَجَرٍ مِنْ زَقُّومٍ i
56:52Albatta, zaqqum daraxtidan yeyuvchisizlar. (52)
فَمَالِئُونَ مِنْهَا الْبُطُونَ i
56:53Bas, undan qorinlarni to`ldiruvchisizlar. (53)
فَشَارِبُونَ عَلَيْهِ مِنَ الْحَمِيمِ i
56:54Bas, ustidan o`ta qaynoq suvdan ichuvchisizlar. (54)
فَشَارِبُونَ شُرْبَ الْهِيمِ i
56:55Bas, chanqoq tuyadek ichuvchisizlar. (55)
هَٰذَا نُزُلُهُمْ يَوْمَ الدِّينِ i
56:56Ularning qiyomat kunidagi ziyofatlari mana shu!!! (56)
نَحْنُ خَلَقْنَاكُمْ فَلَوْلَا تُصَدِّقُونَ i
56:57Biz sizlarni yaratganmiz, ishonsalaring-chi! (57)
أَفَرَأَيْتُمْ مَا تُمْنُونَ i
56:58O`zingiz chiqaradigan maniyni o`ylab ko`ring-a! (58)
أَأَنْتُمْ تَخْلُقُونَهُ أَمْ نَحْنُ الْخَالِقُونَ i
56:59Uni sizlar yaratasizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?! (59)
نَحْنُ قَدَّرْنَا بَيْنَكُمُ الْمَوْتَ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ i
56:60Orangizdagi o`limni Biz belgilaganmiz va Biz ojiz emasmiz. (60)
عَلَىٰ أَنْ نُبَدِّلَ أَمْثَالَكُمْ وَنُنْشِئَكُمْ فِي مَا لَا تَعْلَمُونَ i
56:61Sizning o`rningizga sizga o`xshashlarni almashtirishdan va sizlarni o`zingiz bilmaydigan holda yaratishdan. (61)
وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ النَّشْأَةَ الْأُولَىٰ فَلَوْلَا تَذَكَّرُونَ i
56:62Va darhaqiqat, avvalgi yaratilishni bildingiz-ku, eslasalaringiz-chi! (62)
أَفَرَأَيْتُمْ مَا تَحْرُثُونَ i
56:63O`zingiz ekayotgan narsani o`ylab ko`ring-a! (63)
أَأَنْتُمْ تَزْرَعُونَهُ أَمْ نَحْنُ الزَّارِعُونَ i
56:64Uni siz undirasizmi yoki Biz undiruvchimizmi? (64)
لَوْ نَشَاءُ لَجَعَلْنَاهُ حُطَامًا فَظَلْتُمْ تَفَكَّهُونَ i
56:65Agar xohlasak, Biz uni quruq cho`pga aylantirib qo`yamiz. Sizlar esa, nadomatda ajablanib: (65)
إِنَّا لَمُغْرَمُونَ i
56:66«Albatta, biz ziyon ko`rganlarmiz. (66)
بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ i
56:67Balki, mahrum bo`lganlarmiz, (deysizlar). (67)
أَفَرَأَيْتُمُ الْمَاءَ الَّذِي تَشْرَبُونَ i
56:68O`zingiz ichadigan suvni o`ylab ko`ring-a! (68)
أَأَنْتُمْ أَنْزَلْتُمُوهُ مِنَ الْمُزْنِ أَمْ نَحْنُ الْمُنْزِلُونَ i
56:69Uni bulutlardan siz tushirasizmi yoki Biz tushiruvchimizmi? (69)
لَوْ نَشَاءُ جَعَلْنَاهُ أُجَاجًا فَلَوْلَا تَشْكُرُونَ i
56:70Agar xohlasak, Biz uni sho`r qilib qo`yamiz. Shukr qilsangiz-chi! (70)
أَفَرَأَيْتُمُ النَّارَ الَّتِي تُورُونَ i
56:71O`zingiz yoqadigan olovni o`ylab ko`ring-a! (71)
أَأَنْتُمْ أَنْشَأْتُمْ شَجَرَتَهَا أَمْ نَحْنُ الْمُنْشِئُونَ i
56:72Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi? (72)
نَحْنُ جَعَلْنَاهَا تَذْكِرَةً وَمَتَاعًا لِلْمُقْوِينَ i
56:73Biz u(olov)ni eslatma va yo`lovchilar uchun manfaat qilib qo`ydik. (73)
فَسَبِّحْ بِاسْمِ رَبِّكَ الْعَظِيمِ i
56:74Bas, ulug` Robbing ismini poklab yod et! (74)
فَلَا أُقْسِمُ بِمَوَاقِعِ النُّجُومِ i
56:75Yulduzlarning manzillari bilan qasam ichaman. (75)
وَإِنَّهُ لَقَسَمٌ لَوْ تَعْلَمُونَ عَظِيمٌ i
56:76Albatta, agar bilsangiz, bu ulug` qasamdir. (76)
إِنَّهُ لَقُرْآنٌ كَرِيمٌ i
56:77Albatta, u Qur'oni Karimdir. (77)
فِي كِتَابٍ مَكْنُونٍ i
56:78U Saqlangan kitobdadir. (78)
لَا يَمَسُّهُ إِلَّا الْمُطَهَّرُونَ i
56:79Uni faqat poklanganlargina ushlaydir. (79)
تَنْزِيلٌ مِنْ رَبِّ الْعَالَمِينَ i
56:80U, olamlarning Robbisidan tushirilgandir. (80)
أَفَبِهَٰذَا الْحَدِيثِ أَنْتُمْ مُدْهِنُونَ i
56:81Bas, sizlar mana shu so`zga beparvolik qilasizlarmi? (81)
وَتَجْعَلُونَ رِزْقَكُمْ أَنَّكُمْ تُكَذِّبُونَ i
56:82Va yolg`onga chiqarishni rizq qilib olasizlarmi? (82)
فَلَوْلَا إِذَا بَلَغَتِ الْحُلْقُومَ i
56:83Joningiz halqumga kelib qolsa-chi? (83)
وَأَنْتُمْ حِينَئِذٍ تَنْظُرُونَ i
56:84Holbuki, o`sha vaqtda o`zlaringiz qarab turgan bo`lasizlar. (84)
وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْكُمْ وَلَٰكِنْ لَا تُبْصِرُونَ i
56:85Biz esa, sizdan ko`ra unga yaqinmiz, ammo sizlar ko`rmaysizlar. (85)
فَلَوْلَا إِنْ كُنْتُمْ غَيْرَ مَدِينِينَ i
56:86Agar siz hisob bermaydigan bo`lsangiz. (86)
تَرْجِعُونَهَا إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ i
56:87U(jon)ni o`rniga qaytaring-chi, agar gaplaringiz rost bo`lsa. (87)
فَأَمَّا إِنْ كَانَ مِنَ الْمُقَرَّبِينَ i
56:88Agar yaqinlashtirilganlardan bo`lsa. (88)
فَرَوْحٌ وَرَيْحَانٌ وَجَنَّتُ نَعِيمٍ i
56:89Rohatda, farog`atda va serne'mat jannatdadir. (89)
وَأَمَّا إِنْ كَانَ مِنْ أَصْحَابِ الْيَمِينِ i
56:90Agar o`ng taraf egalaridan bo`lsa. (90)
فَسَلَامٌ لَكَ مِنْ أَصْحَابِ الْيَمِينِ i
56:91Bas, senga o`ng taraf egalaridan Salom bo`lsin, (deyilur). (91)
وَأَمَّا إِنْ كَانَ مِنَ الْمُكَذِّبِينَ الضَّالِّينَ i
56:92Va agar yolg`onga chiqaruvchi gumrohlardan bo`lsa. (92)
فَنُزُلٌ مِنْ حَمِيمٍ i
56:93Bas, o`ta qaynoq suvdan ziyofat. (93)
وَتَصْلِيَةُ جَحِيمٍ i
56:94Va do`zaxga kirishdir. (94)
إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ حَقُّ الْيَقِينِ i
56:95Albatta, ushbu, ta'kidki, ochiq-oydin haqiqatdir. (95)
فَسَبِّحْ بِاسْمِ رَبِّكَ الْعَظِيمِ i
56:96Bas, ulug` Robbing ismini poklab yod et! (96)