Va ular tijorat yoki o`yin-kulgu ko`rganlarida, unga tomon yopirildilar va seni tik holda tark etdilar. Sen: «Allohning huzuridagi narsa o`yin-kulgudan va tijoratdan yaxshidir. Va Alloh eng yaxshi rizq beruvchidir», deb ayt. Al-Jumu'ah 62:11 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayrim musulmonlar biron tijorat yoki koʻngilxushlikni koʻrib qolsalar, sizni minbarda turgan holingizda tashlab, oʻshanga qarab ketadilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Allohning huzuridagi solih amal uchun beriladigan mukofot koʻngilxushlikdan ham, tijoratdan ham yaxshiroqdir. Alloh eng yaxshi rizq berguvchidir".