Munofiqlar huzuringga kelganlarida: «Guvohlik beramizki, sen, albatta, Allohning Rasulisan», derlar. Holbuki, Alloh, albatta, sen Uning Rasuli ekaningni biladir. Va Alloh guvohlik berurki, albatta, munofiqlar yolg`onchidirlar. Al-Munafiqun 63:1 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, munofiqlar sizning oldingizga kelganlarida dillaridagi kufrni yashirib, oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatib: "Guvohlik beramizki, sen Allohning chin paygʻambarisan", deydilar. Alloh siz Uning chin paygʻambari ekaningizni biladi. Alloh guvohlik beradiki, munofiqlar bu davolarida aniq yolgʻonchilardir.