Ular qasamlarini qalqon qilib oldilar va Allohning yo`lidan to`sdilar. Bas, ularning qilgan ishlari yomon bo`ldi! Munofiqun 63:2 ⧉
Tafsir:
Moʻminligiga qasam ichib, qasamini qalqon qilib, oʻzini oʻlimdan va asirlikdan asrab qoldilar. Odamlarni esa shak-shubhalarga solib, iymondan chalgʻitishga urindilar. Ularning yolgʻon iymonlari, munofiqliklari naqadar manfur ish!