Bunga sabab shuki, ular iymon keltirdilar, so`ng kofir bo`ldilar, bas, qalblariga muhr bosildi. Endi ular fahmlamaslar. Al-Munafiqun 63:3 ⧉
Tafsir:
Bunga sabab shuki, ular munofiqlik qilib, yolgʻondan til uchida iymon keltirdilar. Dillarida esa iymondan asar ham yoʻq. Keyin yashirin tarzda Allohga kufr keltirdilar. Shu bilan ularning dillariga muhr bosildi. Endi ular rushdu hidoyat nima, oʻnglanish nima, bilmaydilar, anglamaydilar.