Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Munafiqun — Oyat 4 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Munafiqun • Oyat 11 dan 4 • Oʻzbekcha


وَإِذَا رَأَيْتَهُمْ تُعْجِبُكَ أَجْسَامُهُمْ ۖ وَإِنْ يَقُولُوا تَسْمَعْ لِقَوْلِهِمْ ۖ كَأَنَّهُمْ خُشُبٌ مُسَنَّدَةٌ ۖ يَحْسَبُونَ كُلَّ صَيْحَةٍ عَلَيْهِمْ ۚ هُمُ الْعَدُوُّ فَاحْذَرْهُمْ ۚ قَاتَلَهُمُ اللَّهُ ۖ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ 4
Tarjima:
Va agar ularni ko`rsang, jismlari seni ajablantirur va agar gapirsalar, gaplariga quloq osarsan. Ular xuddi suyab qo`yilgan xodaga o`xsharlar. Har qichqiriqni ziddilariga hisoblarlar. Ular dushmandirlar. Ulardan hazir bo`l. Alloh ularga urush ochsin, haqdan qandoq o`girilurlar?! Al-Munafiqun 63:4
Tafsir:
Ularni koʻrsangiz, boʻy-bastlari, salobati, koʻrkamligi sizni hayratga soladi. Gapirsalar, gaplariga mahliyo boʻlib quloq solasiz. Ey Paygʻambar, ular sizning oldingizda suyab qoʻyilgan xodalarga oʻxshaydilar. Hech narsani anglamaydilar. Qoʻrquvlari shu darajadaki, har bir shovqinni oʻzlariga qarshi qaratilgan bir balo-ofat, deb biladilar. Ular haqiqiy dushmanlardir. Ey Paygʻambar, ulardan ehtiyot boʻling. Tagʻin nayrang ishlatib, sizlaringizni fosh etib yuborishmasin. Alloh ularni lanatlasin. Hujjatu dalillar shu qadar ochiq-ravshan boʻlib tursa-da, yana qanday qilib iymondan yuz oʻgirar ekanlar-a!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Munafiqun • Oyat 3 Keyingi Al-Munafiqun • Oyat 5