Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Munafiqun — Oyat 5 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Munafiqun • Oyat 11 dan 5 • Oʻzbekcha


وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا يَسْتَغْفِرْ لَكُمْ رَسُولُ اللَّهِ لَوَّوْا رُءُوسَهُمْ وَرَأَيْتَهُمْ يَصُدُّونَ وَهُمْ مُسْتَكْبِرُونَ 5
Tarjima:
Va agar ularga: «Kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istig`for aytur», deyilsa, ular boshlarini chayqarlar. Va ularning mutakabbirlik holida yuz o`girayotganlarini ko`rursan. Al-Munafiqun 63:5
Tafsir:
Agar oʻsha munofiqlarga: "Qilgan ishingiz uchun Paygʻambar alayhissalomning oldiga uzr soʻrab kelinglar. Shunda u zot sizlar uchun Allohdan magʻfirat soʻraydi", deyilsa, masxara qilib, boshlarini burib ketadilar. Ularning haqni qabul qilishdan va unga boʻysunishdan oʻzlarini katta olib, yuz burib ketayotganlarini koʻrasiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Munafiqun • Oyat 4 Keyingi Al-Munafiqun • Oyat 6