Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Malik, Quddus, Aziyz va Hakiym bo`lgan Allohga tasbih aytadir. Juma 62:1 ⧉
Tafsir:
Osmonlaru yerdagi hamma maxluqotlar Allohni U Zotga noloyiq boʻlgan har qanday nuqsondan poklab tasbeh aytadilar. U hamma saltanat yolgʻiz Oʻziniki boʻlgan buyuk Podshohdir. Har qanday nuqsondan Pokdir. Hammadan Gʻolib Azizdir. Har bir yaratishini, shariatini va taqdirini hikmat bilan qiladigan Hakimdir.