Ey, iymon keltirganlar! Allohning yordamchilari bo`ling! Iyso ibn Maryam havoriylarga: «Kim Alloh uchun mening yordamchim(bo`ladi)?» deganida, havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz», dedilar. Bas, Bani Isroildan bir toifa iymon keltirdi va bir toifa kofir bo`ldi. Bas, Biz iymon keltirganlarni dushmanlari ustidan qo`llab-quvvatladik. Va ular g`olib bo`ldilar.
As-Saff 61:14 ⧉