Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Rum — Oyat 40 (Oʻzbekcha) — Video

Rum • Oyat 60 dan 40 • Oʻzbekcha


اللَّهُ الَّذِي خَلَقَكُمْ ثُمَّ رَزَقَكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ۖ هَلْ مِنْ شُرَكَائِكُمْ مَنْ يَفْعَلُ مِنْ ذَٰلِكُمْ مِنْ شَيْءٍ ۚ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ 40
Tarjima:
Sizlarni xalq qilgan, so`ngra rizqlantirgan, keyin o`ldiradigan va yana tiriltiradigan zot Allohdir. Sizning (Allohga keltirgan) sheriklaringizdan kim ana shularingizdan birortasini qila oladir?! U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliy bo`ldi. Rum 30:40
Tafsir:
Sizlarni yolgʻiz Alloh yaratgan. Yolgʻiz Oʻzi sizlarga rizq beradi. Yolgʻiz Oʻzi joningizni oladi. Yolgʻiz Oʻzi yana qayta tiriltiradi. Butlaringizdan birontasi shu ishlardan birontasini qila oladimi? Alloh mushriklar aytayotgan gaplardan Pok va Oliydir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Rum • Oyat 39 Keyingi Rum • Oyat 41