Ilm va iymon berilganlar: «Batahqiq, Allohning kitobi bo`yicha, qayta tirilish kunigacha turdingiz. Bas, bugun qayta tirilish kunidir. Lekin sizlar bilmas edingiz», derlar. Rum 30:56 ⧉
Tafsir:
Alloh paygʻambarlar va farishtalarga ilm ato etgan. Ular dedilar: "Alloh Lavhul-mahfuzda yozib qoʻyganidek, yaratilgan kuningizdan to oʻzingiz inkor etayotgan qayta tirilish kuniga qadar turdingizlar. Mana, oʻsha qayta tirilish kuni keldi. Lekin uning yuz berishini bilmagan edingiz. Shuning uchun uni inkor qilgandingiz".