Bas, bugungi kunda zulm qilganlarga ma'ziratlari manfaat bermas hamda ular itobga ham qaytarilmaslar. Ar-Rum 30:57 ⧉
Tafsir:
Alloh hamma xaloyiqni hisob-kitob uchun qayta tiriltirgan kunda zolimlarga toʻqigan bahonalari foyda bermaydi. Ulardan tavba qilib, haqqa qaytib, Allohni rozi qilish kabi ishlar talab etilmaydi. Chunki u paytda bunday ishlarning vaqti oʻtib ketgan boʻladi.