Batahqiq, Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli misollar keltirdik. Aniqki, agar sen ularga mo`'jiza keltirsang ham, kufr keltirganlar: «Siz botilchilardan o`zga emassiz», derlar. Ar-Rum 30:58 ⧉
Tafsir:
Biz odamlarga gʻamxoʻrlik qilib, bu Quronda ular uchun turli xil misollar zarb etdik. Toki, haq bilan botil aniq ajralib tursin. Ey Paygʻambar, oʻzingizning haq ekaningizni isbotlash uchun har qancha hujjat olib kelsangiz ham Allohga kufr keltirgan kimsalar, sizlar gʻirt yolgʻonchisizlar, deyaveradilar.