Sen: «Er yuzida sayr qilinglar. Oldin o`tganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solinglar. Ularning ko`plari mushrik bo`lgan edilar», deb ayt. Ar-Rum 30:42 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Yer yuzida sayr qilib yuringlar va oʻzinglardan oldingi haqni tan olmagan qavmlarning oqibati nima boʻlgani haqida fikr yuritinglar. Ular juda mudhish oqibatga duch kelgandilar. Ularning koʻplari Allohga shirk keltirib, U Zotdan boshqa narsalarga ibodat qilardilar. Shu tufayli halokatga uchragandilar.