Bas, Alloh tomonidan rad qilinmaydigan kun kelmasdan avval to`g`ri dinga yuz tut. O`sha kunda (odamlar) bo`lak-bo`lak bo`lurlar. Ar-Rum 30:43 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Qiyomat kuni kelmay turib yuzingizni raso yoʻlga, Islom yoʻliga buring. U kun kelishini rad etguvchi boʻlmas. Oʻsha kunda odamlar ikkiga ajraladilar. Bir guruhi jannatga kirib, noz-nematlarga noil boʻladilar. Yana bir guruhi esa doʻzaxga tushib, azobu uqubatlarga giriftor boʻladilar.