Axir, ular, o`zlaricha, Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni faqat haq bilan va ma'lum muddatga yaratganini tafakkur qilib ko`rmaslarmi?! Haqiqatan, odamlardan ko`plari Robbilariga ro`baro` bo`lishni inkor qilguvchilardir. Rum 30:8 ⧉
Tafsir:
Anavi haqni tan olmaydigan mushriklar oʻzlari haqida, Alloh ularni qanday yaratgani va raso qilgani haqida fikr yuritmaydilarmi? Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni bejiz yaratmagan. Ularni haq bilan yaratgan va shu dunyoda qancha muddat qolishlarini aniq belgilab qoʻygan. Koʻp odamlar qiyomat kuni Parvardigorlariga roʻbaroʻ kelishni inkor qiladilar. Shuning uchun ular Alloh rozi boʻladigan ishlarni qilish bilan oʻlimdan keyingi hayotga tayyorgarlik koʻrmaydilar.