Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh bo`lib olib, har bir firqa o`z oldidagi narsadan shod bo`lganlardan (bo`lmang). Ar-Rum 30:32 ⧉
Tafsir:
Dinlarini parchalab, bir qismiga iymon keltirib, qolganini inkor qilib, guruh-guruhlarga boʻlinib olib, har bir guruh oʻzidagi botilga, nohaqlikka mast boʻlib, faqat oʻzini haq deb bilib, boshqalarni adashganga chiqarib yurganlarga oʻxshab qolmanglar.