Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ar-Rum — Oyat 46 (Oʻzbekcha) — Video

Ar-Rum • Oyat 60 dan 46 • Oʻzbekcha


وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ يُرْسِلَ الرِّيَاحَ مُبَشِّرَاتٍ وَلِيُذِيقَكُمْ مِنْ رَحْمَتِهِ وَلِتَجْرِيَ الْفُلْكُ بِأَمْرِهِ وَلِتَبْتَغُوا مِنْ فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 46
Tarjima:
Va Uning oyat-belgilaridan sizga O`z rahmatidan tottirish uchun, O`z amri ila kemalarni yurdirish uchun va Uning fazlidan (rizq) talab qilishingiz uchun shamollarni xushxabarchi qilib yuborishidir. Shoyadki, shukr qilsangiz. Ar-Rum 30:46
Tafsir:
Allohning qudrati va yagonaligiga dalolat qiluvchi oyatlardan yana biri shuki, shamollarni yomgʻir yogʻishidan xushxabar olib keluvchi qilib yubordi. Oʻz rahmati ila yomgʻirdan keyin moʻl-koʻl hosil ato etib, undan sizlarni bahramand qilish uchun, dengizlarda kemalar U Zotning irodasi ila yurishi uchun, U Zotning fazlidan umidvor boʻlib, dengizlarda savdo safarlarini qilishingiz uchun shunday qildi. Shoyadki, Allohning nematlariga shukr qilsangizlar va U Zot sizlarga yanada koʻpaytirib bersa.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ar-Rum • Oyat 45 Keyingi Ar-Rum • Oyat 47