Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular (qavmlariga) ochiq-oydin hujjatlar keltirganlar. So`ng Biz jinoyat qilganlardan intiqom olganmiz. Mo`minlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haq bo`lgan. Rum 30:47 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizdan oldin ham paygʻambarlarni oʻz ummatlariga yuborganmiz. Ular oʻzlarining haq ekanini isbotlaydigan hujjatlarni keltirganlar. Shundan keyin gunohlar qilgan jinoyatchilardan intiqom olib, ularni halok etganmiz. Paygʻambarlar va moʻminlarga esa najot berganmiz. Moʻminlarga najot berish va ularni gʻolib etishni Oʻz zimmamizga olganmiz.