Va Uning oyatlaridan sizga qo`rquv va umid uchun chaqmoqni ko`rsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o`lgandan keyin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir. Ar-Rum 30:24 ⧉
Tafsir:
Uning qudrati va yagonaligiga dalolat qiladigan buyuk oyatlaridan yana biri shuki,sizlarga samoda yashinni koʻrsatadi. Uni gumburlashidan qoʻrqib va yomgʻir yogʻishidan umidvor boʻlib tomosha qilasizlar. Sizlar uchun osmondan yomgʻir yogʻdirib, u bilan oʻlib qolgan yerni tiriltiradi, oʻsimliklarni undirib chiqaradi. Bu ishda aqlini ishlatadigan zotlar uchun qayta tirilish va jazo yoki mukofot olish kabi ishlar haq ekaniga dalolat qiluvchi belgilar bordir.