Uning oyat-belgilaridan, osmonlaru yer Uning amri ila turishidir. So`ngra sizlarni bir bor chaqirsa, yerdan hammangiz birdan chiqarsizlar. Ar-Rum 30:25 ⧉
Tafsir:
Alloh taoloning qudrati va yagonaligiga dalolat qiladigan belgilardan yana biri shuki, U Zotning amri ila samo tushib ketmasdan, yer parchalanib ketmasdan turadi. Keyin Isrofil farishta Sur karnayini chalishi bilan U Zot sizlarni yotgan yeringizdan chaqirganida hammangiz qabrlaringizdan hisob va jazo yoki mukofot uchun chiqib kelasizlar.