Bas, u faqatgina bir qichqiriqdan iborat, xolos. Bas, birdan ular nazar solib turibdilar-da! Soffot 37:19 ⧉
Tafsir:
Bu ish Sur karnayiga bir nafxa urish bilangina yuz beradi. Qarabsizki, hammalari Qiyomat kunining dahshatlarini oʻz koʻzlari bilan koʻrib, endi Alloh bizni nima qilar ekan, deya kutib turadilar.