Sen: «Ha! Xor bo`lgan hollaringizda!» degin. Soffot 37:18 ⧉
Tafsir:
Ey Muhammad, ularga shunday javob bering: "Ha, tuproq va chirigan suyaklarga aylanib ketganingizdan keyin qayta tirilasizlar. Oldin oʻtib ketgan ota-bobolaringiz ham. Hammangiz xor-zor boʻlgan holingizda qayta tirilasizlar.