Ular: «Ha, darhaqiqat, bizga ogohlantiruvchi kelgan edi. Lekin biz (uni) yolg`onchiga chiqardik va: «Alloh hech narsa tushirgani yo`q, sizlar katta adashuvdan boshqa hech narsa emassizlar», degan edik», deyishar. Al-Mulk 67:9 ⧉
Tafsir:
Oʻshanda kofirlar aytadilar: ”Allohning azobidan ogohlantiruvchi paygʻambarlar kelgan edi. Lekin biz ularni yolgʻonchiga chiqarib: ”Alloh hech qanday vahiy yuborgan emas. Ey paygʻambarlar, sizlar haq yoʻldan ozgan, gumrohlarsiz, xolos”, degandik".